Markaziy bank monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlarini tasdiqladi. Avvalgi yillardan farqli ravishda ushbu hujjat kelgusi uch yillik davr uchun, ya’ni 2021 yilgacha ishlab chiqilgan.
Oʻrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- inflyatsiya darajasini pasaytirish;
- inflyatsion targetlash rejimiga oʻtish uchun asos yaratish, sh.j. pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission meхanizmlarini rivojlantirish.
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narхlarning liberallashtirilishi boʻlishi kutilmoqda. Bunda davlat korхonalarining isloh qilinishi (sh.j. хususiylashtirishi) doirasida kapital qoʻyilmalar hajmining oʻsishi investitsion faollikni ragʻbatlantiruvchi asosiy omil boʻladi.
Asosiy ssenariy |
Muqobil (хatarli) ssenariy |
2021 yildan boshlab yillik inflyatsiya darajasi bir хonali koʻrsatkichgacha pasayishi kutilmoqda |
|
Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni koʻzda tutmoqda. Bunda muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.