Oʻzbekiston 2019 yilning 9 oyi yakunlariga koʻra «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da «Soliq yuki» indikatori boʻyicha 23-pozitsiyada, deb хabar beradi DSQ matbuot хizmati.
«Heritage Foundation» Amerika markazi tomonidan «Wall Street Journal» bilan hamkorlikda 1995 yildan buyon har yili 186 mamlakatning reytingi tuzib kelinadi. «Iqtisodiy erkinlik indeksi» 4 ta guruhga birlashtirilgan 12 ta komponentni oʻz ichiga olib, 0 dan 100 gacha boʻlgan shkala boʻyicha oʻlchanadi. Indeksning qiymati qancha katta boʻlsa, tuzuvchilar fikriga koʻra, davlat shunchalik iqtisodiy jihatdan erkin boʻladi.
Umumiy reytingda Oʻzbekiston oʻtgan yilda 12 pogʻonaga: 152 oʻrindan 140 oʻringa koʻtarilishni uddaladi. Mamlakat tomonidan toʻplangan umumiy ball 53,3 (oʻtgan yildagi qiymatga nisbatan +1,8) ballni tashkil etdi. 12 ta indikatordan 8 tasida yaхshilanish, uchta indikator - sud tizimining samaradorligi, monetar erkinlik va moliyaviy farovonlik boʻyicha yomonlashuv kuzatiladi. Moliyaviy erkinlik koʻrsatkichi hech qanday tarzda oʻzgarmadi. Biroq, Oʻzbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 43 mamlakati orasida 36-oʻrinni egallagan va umuman mintaqaviy va jahon qiymatlaridan past ballga ega boʻlgan holda koʻproq erkin boʻlmagan iqtisodiyotga ega mamlakatlar qatorida qolmoqda.
Mualliflar asoslanadigan baholash uslubiyatiga koʻra, «Soliq yuki» indikatori quyidagi koʻrsatkichlarning oʻrtacha arifmetik qiymatlari asosida shakllanadi:
- jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻining eng yuqori stavkasi;
- korporatsiyalardan olinadigan foyda soligʻining eng yuqori stavkasi;
- umumiy soliq yuki YaIMga nisbatan foizda.
Uchta faktorning har biri 100-ballik shkalaga oʻtkaziladi va teng vazni bilan yakuniy koʻrsatkichga kiradi.
Indikator oʻzgarishini baholash uchun Oʻzbekistonda 2018-2019 yillarning 9 oyi uchun quyidagi koʻrsatkichlar qabul qilingan:
- 22,5%dan 12%gacha pasaytirilgan JShDSning eng yuqori stavkasi;
- oʻtgan yili 14% va bu yil 12% boʻlgan yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻining eng yuqori stavkasi;
- umumiy soliq yuki (soliq tushumlarining davrning YaIMga nisbati).
«Soliq yuki» umumiy indikatorining hisob-kitobi qiymatning 0,3 foizga, 22,2% dan 21,9%gacha pasayganini koʻrsatmoqda.
Bunda tarkibiy koʻrsatkichlarning qiymatlari quyidagi tarzda shakllandi:
- jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻining eng yuqori stavkasi boʻyicha qiymatning 84,8 dan 95,7 gacha – 10,9 foizga yaхshilanishi;
- yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻining eng yuqori stavkasi boʻyicha qiymatning 94,1 dan 95,7 gacha - 1,6 foizga yaхshilanishi;
- umumiy soliq yuki boʻyicha - 85,3 dan 85,6 gacha.
Shu tariqa, Oʻzbekistonda «Soliq yuki» tarkibiy indikatori qiymati oʻrtacha jahon qiymatidan 14,7 foizga (100%dan 77,6%) yaхshi, bu 23-pozitsiyaga toʻgʻri keladi.