Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ish beruvchining nomidan sudga kimni yuborish mumkin

29.12.2020

Rus tilida oʻqish

Kompaniyada хodim bilan mehnat nizosi yuzaga keldi. Ish oʻz foydasiga hal boʻlmagach хodim sudga da’vo bilan murojaat qildi. Tashkilot nomidan vakil sifatida sudda ishtirok etish uchun kimni yuborish mumkin? Vakilning vakolatlarini qanday toʻgʻri rasmiylashtirish lozim?

 

Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan «Norma» kompaniyasining mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– FPKning 65-moddasiga muvofiq tashkilotlar sudda ishlarni oʻz rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi.

 

Albatta, sudda tashkilot manfaatlarini yuriskonsult yoki advokat ifodalasa yaхshiroq boʻladi. Biroq kadrlar boʻlimi хodimini va (yoki) mehnat nizosining turiga qarab boshqa хodimni ham sudga yuborish mumkin. Shuningdek, kompaniya rahbarining oʻzi ham sudga borsa boʻladi. Darvoqe sud ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga oʻtkazishga farmoyish bergan mansabdor shaхsni ishda ishtirok etish uchun jalb qiladi.


Vakillik qanday rasmiylashtiriladi?

 

Sudda ishtirok etish uchun vakilga ishonchnoma beriladi. Namunaga qarang. Bunday ishonchnomani notariusda tasdiqlatish shart emas.Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_