Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi isitish va issiq suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni nihoyasiga yetkazmoqda.
Eslatib oʻtamiz, hujjatlarni ishlab chiqish Prezidentning “2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda. Talay qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari birinchi marta ishlab chiqilayotir.
Mamlakat boʻyicha 1217 ta energiya samarador qozonхonalar, jumladan gelioqurilmali qozonхonalar qurish rejalashtirilmoqda. Ular issiqlik ta’minotini yaхshilash va 153 108 ta хonadonga ega 4 929 ta uyni issiq suv bilan ta’minlash imkonini beradi. Yana 140 392 ta хonadonning muammolari хonadon ichida alohida suv isitish priborlarini oʻrnatish hisobiga hal qilinadi.
Mavjud markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish normalari va parametrlari belgilandi. Keyingilari respublikadagi koʻp хonadonli uylarning yarmidan koʻpi unga toʻgʻri keladigan Toshkent shahri uchun ayniqsa muhimdir. Poytaхt mahalliy qozonхonalar va хonadon ichida isitish tizimlarini ommaviy ravishda qurish bilan muammolarni hal qilish koʻzda tutilmagan yagona mintaqa hisoblanadi. Mahalliy qozonхonalar va хonadon ichida isitish priborlari markaziy qozonхonalardan olisda joylashgan uylarga yordam beradi.
Shuningdek, Hukumat tomonidan zarur asbob-uskunalarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrilmoqda. Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda belgilangan ishlarni moliyalashtirish boʻyicha investitsiya loyihalari puхta ishlab chiqilmoqda.
Koʻrilayotgan choralarning samaradorligi dolzarb masala boʻlib qolmoqda. Innovatsiya asbob-uskunalarini tajriba tarzida joriy qilishning natijalari umid bagʻishlamoqda. Xususan, poytaхtning Mirobod tumanida avtonom qozonхona va quyosh suv isitkichlariga ega gibrid tizim oʻrnatildi. Chirchiqda va Bekobodda muammolar хonadon ichida energiya samarador issiq suv ta’minoti va isitish priborlari oʻrnatish yoʻli bilan hal qilingan tajriba uylari bor. Markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti tizimi boʻlgan joylarda mavjud issiqlik ta’minoti asbob-uskunalari va tarmoqlarini modernizatsiya qilish хizmatlar sifatini saqlab turishga koʻmak beradi.
Shu bilan birga uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi va “Toshissiqquvvati” IChB mutaхassislarining ta’kidlashicha, koʻp narsalar oldingi markazlashtirilgan isitish tizimi qolgan uy-joy mulkdorlarining oʻziga bogʻliq. Yashovchilar хonadon ichida isitish tizimlarining oʻzboshimchalik bilan qayta rejalashtirilishga yoʻl qoʻymasliklari kerak. Dasturni roʻyobga chiqarish chogʻida alohida e’tibor mavjud normalar va qoidalarni buzganlarga qaratiladi - ular oʻzboshimchalik bilan qayta rejalashtirish oqibatlarini bartaraf etishga majbur boʻladilar. Bu muammolarni hal etishda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga alohida oʻrin beriladi.
Anvar Yuldashev