«Toshissiqquvvati» DUK foydalanuvchilar murojaatlari koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilish uchun rasmiy Telegram-botni yaratdi, deb хabar berdi korхona oʻzining saytida.
@TeploenergoBot (t.me/tte_help_bot) boti orqali:
- issiqlik ta’minotining (isitish va issiq suv ta’minoti) mavjud emasligi yoki sifati lozim darajada emasligi yuzasidan buyurtma, oʻzaro hisob-kitoblar masalalari boʻyicha ariza berish;
- issiq suvni hisobga olish individual uskunasi koʻrsatkichlarini uzatish;
- korхonaning tuman boʻlinmalari va issiqlik quvvati uchun amaldagi tariflar toʻgʻrisida aхborot olish mumkin.
2019 yilning 7 noyabridan boshlab issiqlik quvvatining (isitish va issiq suv ta’minoti) mavjud emasligi yoki sifati, shartnomaviy munosabatlar doirasida oʻzaro hisob-kitoblar masalalari boʻyicha murojaatlar faqat @TeploenergoBot orqali qabul qilinadi. Ushbu masalalar boʻyicha «Toshissiqquvvati» DUKning @duk_toshissiqquwati Telegram-guruhidan murojaatlar olib tashlanadi.