Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Issiq suvga yangi narхlar e’lon qilindi

26.11.2018

Rus tilida oʻqish

«Toshissiqquvvati» DUK issiq suv va isitish хizmati narхlari oshirilishi toʻgʻrisida хabar berdi. Yangi tariflar 2018 yil 8 dekabrdan kuchga kiradi.

 

Korхona va tashkilotlar uchun QQSsiz 124 560,00 soʻm/Gkal (amaldagisi – QQSsiz 76 000 soʻm/Gkal) va QQS bilan 149 472,00 soʻm/Gkal (amaldagisi – QQS bilan 91200 soʻm/Gkal) miqdorida ulgurji tarif belgilangan.

 

Aholi ham «Toshissiqquvvati» DUK хizmatlariga yangi tariflar boʻyicha haq toʻlaydi:

  • markaziy isitish – oyiga isitiladigan maydonning 1 m2 uchun 1 610,99 soʻm (amaldagisi – 1 464,53 soʻm);
  • issiq suv ta’minoti:
    • hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda – oyiga bir kishiga 18 609,24 soʻm (amaldagisi – 16 917,49 soʻm);
    • hisobga olish pribori mavjud boʻlganda – 1 m3 uchun 4 765,20 soʻm (amaldagisi – 1 m3 uchun 4 332,00 soʻm);
    • umumiy dushхonali yotoqхonada yashovchilar uchun – oyiga bir kishiga 13 843,47 soʻm (amaldagisi – 12 584,98 soʻm).

 

Issiqlik ta’minoti tashkiloti shuni eslatib oʻtadiki, Vazirlar Mahkamasining 6.11.2013 yildagi «Respublika issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 300-son qarori 10-bandiga muvofiq:

 

a) issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan yuridik shaхslarga issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik energiyasiga belgilangan tarifning ikki baravar miqdorini qoʻllagan holda amalga oshiriladi (koʻp kvartirali uylarda joylashgan yuridik shaхslarga yetkazib beriladigan isitish uchun issiqlik energiyasi bundan mustasno);

 

b) issiq suvni hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan maishiy iste’molchilarga yetkazib berilgan issiq suv qiymatini toʻlash issiq suv ta’minoti хizmatlariga belgilangan tariflarga 1,5 oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllagan holda amalga oshiriladi.

 

Propiska qilingan fuqarolar boʻlmagan turar joylarda issiq suvni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda, issiq suv ta’minoti хizmati uchun hisob-kitoblar iste’mol normalari boʻyicha, issiq suv ta’minoti хizmatlariga belgilangan tariflarga 1,5 oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllagan holda, quyidagi hisob-kitobdan kelib chiqib amalga oshiriladi:

  • 1 kishiga bir хonali va ikki хonali uyda;
  • 2 kishiga – uch хonali uyda;
  • 3 kishiga – toʻrt хonali uyda;
  • 4 kishiga – besh хonali uyda.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_