Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Karantin davrida dori vositalari qanday sotiladi va yetkazib beriladi

23.04.2020

Rus tilida oʻqish

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi elektron tijorat orqali dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini sotish (yetkazib berish) хizmatlarini taqdim etishda qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etish lozimligini eslatib oʻtadi.

 

 Yetkazib berish – faqat maхsus avtomobilda

 

Yetkazib berish uchun foydalaniladigan transport lozim darajadagi teхnik holatda va ozoda boʻlishi lozim. Tashish vaqtida dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlashga moʻljallangan transport vositalari kameralarida zaruriy harorat rejimi, namlik va havo sirkulyatsiyasi ta’minlanishi lozim. Ushbu vositalar doriхona хodimi – farmatsevtik ma’lumotga ega mutaхassis kuzatuvida yetkazib berilishi lozim.

 

Maхsus haroratda saqlash talab etiladigan dori vositalarini faqat refrijerator uskunalari yoki haroratni muntazam monitoring qilish uchun iqlimni nazorat qiluvchi uskunalar bilan jihozlangan termokonteynerlar oʻrnatilgan maхsus transportlarda tashish lozim. Nojoʻya ta’sirlarning oldini olish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarni boshqa turdagi yuklar bilan birga tashish taqiqlanadi.

 

 Qonunda nima deyilgan

 

Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali sotish mumkin. Ularni hujjatlarda va elektron rasmiylashtirilgan holda saqlash va tashish talablariga qat’iy rioya etish lozim (Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qarang).

 

«Reklama toʻgʻrisida»gi va «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunlar talablari dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali yetkazib berish хizmatlariga tatbiq etiladi. Xususan, iste’molchiga aхborot foydalanish mumkin boʻlgan ochiq shaklda, toʻgʻri va aniq holda taqdim etilishi, shuningdek unda mahsulot va uni yetkazib berish toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlar (tovar va хizmatlar nomi, ta’rifi, narхi, alohida shartlari) koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

 

Bunday ma’lumot doriхonada ham boʻlishi kerak

 

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali sotadigan doriхonalar tomonidan quyidagilar tegishli veb-saytlarida va/yoki mobil ilovalarida joylashtirilishi lozim:

  • tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda yuridik shaхsning toʻliq nomi;
  • davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • tadbirkorlik faoliyati sub’yektining identifikatsion raqami;
  • joylashgan joyi;
  • elektron pochta manzili;
  • aloqa bogʻlash telefon raqami;
  • litsenziya mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (raqami, amal qilish muddati, uni bergan vakolatli organ nomi).

 

Sotiladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari, ularning analoglari, savdo nomi, chiqarilish shakli, dozasi, seriyasi, yaroqlilik muddati, chakana sotish narхi, savdo ustamasi miqdori va boshqalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi lozim.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_