Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tashkil etilmoqda.
Ushbu qoʻmitaga davlat organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki dasturlarni ishlab chiqib, hayotga tatbiq etish jarayoni ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda amaldagi qonun hujjatlarini ularda korrupsiyaga olib keluvchi normalarning mavjudligini aniqlash, tahlil qilish kabi vazifalar yuklatilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Matbuot хizmati materiallari asosida.