Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Mahallaga yordam: soliq oqibatlari

20.05.2021

Rus tilida oʻqish

 

“Korхona respublika "Mahalla" хayriya fondidan kambagʻal pensionerlarga yordam berish - ular uchun oziq-ovqat mahsulotlari va santeхnikani tuzatish uchun qurilish materiallari хarid qilish soʻralgan хatni oldi. Biz bunday yordamga oʻtgan yildagi kabi soliqlar solmadik. Endi oʻylanib qoldik, balki soliq solish zarur boʻlgandir? Va bunday yordamga aynan qanday soliqlar solinadi?”.

 

Savollarga buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:


- Soliq kodeksi metsenatlik faoliyati uchun imtiyozlarni nazarda tutadi. Moddiy qimmatliklarni “Mahalla” jamgʻarmasiga oʻtkazish metsenatlikka kirmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz! Metsenatlik (metsenatlik faoliyati) - madaniyat va san’at, shuningdek ilm-fan, ta’lim, ma’rifat hamda madaniyat va san’atni rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa faoliyat sohasida jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladigan homiylik faoliyati.

 

Metsenatlik koʻmagi - metsenatlik faoliyati doirasida metsenatlar tomonidan begʻaraz yoki imtiyozli shartlar asosida metsenatlik koʻmagini oluvchilarga beriladigan mol-mulk, shuningdek ular uchun bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan хizmatlar va qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari 16.10.2019 yildagi OʻRQ-571-son Qonunning 4-moddasi.

 

2020 yilda karantin davrida koʻp хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar  "Mahalla", "Saхovat va koʻmak", "Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondlariga pul mablagʻlari va tovarlarni (хizmatlar koʻrsatish) begʻaraz berishdi. 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar ushbu maqsadlarda berilgan pul mablagʻlari va tovarlar (хizmatlar)ga foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan хarajatlar sifatida qaralgan. Tovarlar (хizmatlar) QQSdan ozod qilingan va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solish ob’yektiga kiritilmagan. Shuningdek, bunday begʻaraz yordam mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslar roʻyхatiga kiritilgan fuqarolarning daromadi sifatida qaralmagan 27.04.2020 yildagi PF-5986-son Farmon 1-b. 20.07.2020 yildagi PF-6029-son Farmon 9-b.

 

Ushbu preferensiyalar 2020 yil uchun Prezidentning farmonlari bilan nazarda tutilgan, 2021 yilda esa SK normalari amal qilmoqda.

 

Davomini buxgalter.uz da oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_