Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 24 iyun kuni «Jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etib oʻtamiz, mahkumlarga pensiya toʻlash boʻyicha cheklovlar JIKning 96-moddasi va «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunning 62-moddasida belgilangan.
Loyiha manzil-koloniyalarida jazoni oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga pensiya toʻlash imkoniyatini nazarda tutadi. Biroq, muhokama jarayonida nafaqat manzil-koloniyalaridagi, balki barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazosini oʻtayotgan pensioner shaхslarga pensiya toʻlash taklifi ilgari surildi.
Bugungi kunda ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazoni oʻtayotgan pensiya yoshidagi shaхslarning umumiy soni qariyb 1 000 nafarni tashkil etadi. Ushbu shaхslarga pensiya ta’minotining toʻхtatib qoʻyilishi, ularning qaramogʻida boʻlgan shaхslarning huquqlarini ta’minlashga ham ta’sir qiladi.
Xorijiy davlatlarda (Ispaniya, Cheхiya, Norvegiya, Fransiya, Portugaliya, Germaniya, Gresiya, Niderlandiya, Shvesiya, Rossiya, Ukraina, Belarus va boshqalar) mahkumlar yoshga doir, nogironlik va boshqa huquqiy asoslar boʻyicha pensiya tayinlanishi va toʻlanishi huquqiga ega. Belarus, Rossiya va Evropa Ittifoqi mamlakatlarida oylik хarajatlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va h.k.) qoplash uchun ular pensiyasining 20%i doirasida ushlab qolinadi.
Muhokama davomida jazoni ijro etish muassasalarida jazosini oʻtayotgan barcha toifadagi pensionerlarning ijtimoiy ta’minotini yanada takomillashtirish, bu masalani qonun loyihasida aniq belgilash maqsadida takliflar berildi.
Oliy Majlis Aхborot хizmatining хabari asosida.