E’tibor bering Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.
Tobora koʻproq ish beruvchilar masofaviy ish shaklini shtatdagi хodimlari uchun qulay deb hisoblamoqdalar. Bunday хodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish, ularning ish vaqti rejimini belgilash, buyruqlar va ichki hujjatlar bilan tanishtirish, ularning mehnatiga qanday haqtoʻlash kerakligini «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA hamda Mehnat kodeksi mualliflaridan biri, yuridik fanlar nomzodi Miхail GASANOV tushuntirishdi:
– Masofadan turib ishlash mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini ish beruvchi joylashgan yerdan, tashkilotning alohida tuzilmasidan (shu jumladan boshqa yerda joylashganlaridan) ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida boʻlgan statsionar ish joyidan, hududdan yoki ob’yektdan tashqarida bajarishdan iborat.
Masofadagi хodim ish beruvchi bilan hamkorlikni aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet jahon aхborot tarmogʻidan foydalanish orqali amalga oshiradi va ishlaydi .
Davomini kadrovik.uz. da oʻqing.