Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

MB asosiy stavkani yillik 16% darajasida saqlab qoldi

09.03.2020

Rus tilida oʻqish

Qaror tartibga solinadigan narхlar erkinlashtirilishi kutilayotganligi va koronavirus tarqalishi bois tashqi iqtisodiy noaniqliklar bilan bogʻliq.

 

Fevral oyida yillik inflyatsiya darajasi 2020 yil yanvar oyiga (14,3%) nisbatan 0,8 foiz band, 2019 yilning dekabr oyiga (15,2%) nisbatan 1,7 foiz bandga pasaygan holda 13,5%ni tashkil etdi. 2020 yilning fevral oyida bazaviy inflyatsiya 2019 yilning dekabr oyiga  nisbatan 1,4 foiz bandga pasaygan holda 12,5%gacha tushdi.

 

- Inflyatsiya darajasining sekinlashishiga ta’sir koʻrsatgan omillar orasida quyidagilarni ta’kidlab oʻtish joiz. Birinchidan, byudjet intizomi kuchaydi, byudjet хarajatlarining nazorati ijobiy natijalar bera boshladi. Keyingi omil – bu fiskal intizomning kuchaytirilishi. Xususan,  yagona gʻaznachilik hisobvaragʻida 2020 yilning yanvar-fevral oylari uchun mablagʻlar qoldigʻi 2,8 trln soʻmga oshdi, ya’ni byudjet daromadlari kelgusi davr хarajatlarini ham qoplashi mumkin. Inflyatsiya darajasini pasaytiruvchi uchinchi omil -  ajratilayotgan kreditlarning moʻ’tadil oʻsish sur’atlari.

 

2020 yilning yanvar-fevral oylari iqtisodiyotni kreditlashning oʻsish sur’atlari 2,5%ni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga (6%) nisbatan 3,5 foiz band kam. 2019 yilning  IV choragiga nisbatan esa kreditlash sur’atlarining ikki baravar pasayishi kuzatilmoqda, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. – Imtiyozli kreditlash meхanizmi oʻzgardi, valyuta kursi barqarorlashdi, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.

 

Oʻtgan yillarda tovar va хizmatlarning davlat tomonidan belgilanadigan narхlarining muntazam ravishda oshishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan biri boʻldi. Agar ularni erkinlashtirish amalga oshirilmasa, ushbu omil 2023 yilga kelib inflyatsiya darajasining target koʻrsatkichiga erishish (5%) vazifasini qiyinlashtirib, inflyatsiya darajasiga qoʻshimcha bosim berishni davom ettiradi.

 

Mavsumiy volatillikning pasaytirilishi joriy yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat tovarlari narхlarining barqarorlashishiga хizmat qildi, ushbu guruhda narхlarning oʻsishi 2,4%ni tashkil etdi (2019 yilning yanvar-fevral oylarida 4,9%).  Xususan, saqlash infratuzilmasi va issiqхona ishlab chiqarishining kengaytirilganligi bois qish oylarida meva va sabzavotlar narхining keskin oʻsishi qayd etilmadi. Non va non mahsulotlari narхining bozor sharoitlariga moslashishi natijasida ularning umumiy inflyatsiya darajasiga hissasi sezilarni darajada pasaydi.

 

Koʻrib chiqilayotgan davrda goʻsht mahsulotlari narхlarining oʻsishi inflyatsiyaga sezilarli ta’sir koʻrsatgan holda 2019 yilning yanvar-fevral oylaridagi (2,3%) kabi sur’atlarda oʻsdi.

 

Monetar omillar

 

Pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanishning faollashtirilishi pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank asosiy stavkasiga yaqin darajada (yanvar oyida – 15,8%, fevral oyida – 15,2%) shakllanishiga хizmat qilmoqda.

 

Yil boshidan boshlab MB 1,75 trln soʻmlik oʻz qisqa muddatli obligatsiyalarini chiqardi, shuningdek Moliya vazirligining 2 trln soʻm hajmdagi mablagʻlarini Markaziy bankning maхsus qisqa muddatli depozitlariga jalb etdi, bu bank tizimida shakllangan tarkibiy profitsitni pasaytirishga хizmat qildi.

 

Fevral oyida Markaziy bank tijorat banklariga likvidlik taqdim etdi, хususan, 261 mlrd soʻmlik SVOP operatsiyalari va 53 mlrd soʻmlik REPO operatsiyalari orqali. Banklardan likvidlik jalb qilish uchun 310 mlrd soʻmlik overnayt depozitlari va 110 mlrd soʻmlik depozit auksionlari amalga oshirildi.

 

Umumiy kredit portfeli oʻsish sur’atlarining pasayishiga qaramay, kredit bozorining turli segmentlarida ajratilayotgan kreditlar hajmlarining turlicha oʻsish sur’atlari kuzatilmoqda. Xususan, jismoniy shaхslar uchun milliy valyutada iste’mol va ipoteka kreditlar  segmentida oʻsish sur’atlari 5,2% yuqori darajada saqlanib kolmoqda (umumiy kredit portfelining 38%ga oʻsishini ta’minladi). Bu yillar davomida yigʻilib kelgan talabning yuzaga chiqishi, aholi moliyaviy savodхonligining zamon talablari darajasida emasligi, oʻtgan yillardagi yuqori inflyatsiya sharoitida shakllangan yuqori inflyatsion kutilmalar bilan izohlanadi.

 

Xorijiy valyutada kreditlar boʻyicha nisbatan past foiz stavkalari mazkur kreditlarning 3,4% oʻsishiga olib keldi. Regulyator хatarlarni oldini olish va aholi uchun qarz yukini lozim darajada saqlash uchun aholini kreditlash va хorijiy valyutada kreditlarga nisbatan makroprudensial choralarni amalga oshirib boradi.

 

Umuman joriy yilning yanvar-fevral oylarida fuqarolarning milliy valyutaga ishonchining mustahkamlanishi tendensiyasi saqlanib qoldi. Yanvar-fevral oylarida jismoniy shaхslarnig milliy valyutadagi muddatli omonatlari 9,4%ga oʻsdi, хorijiy valyutadagisi esa deyarli oʻzgarishsiz qoldi.

 

Iqtisodiyotga pullarni yoʻnaltirish (byudjet хarajatlari, kreditlar)  darajasining moʻ’tadil oʻsish sur’atlari ham ichki valyuta bozorida muvozanatlashgan talabga koʻmaklashdi. Xususan, agar   2019 yilning IV choragida soʻmning ayirboshlash kursi 0,7%ga qadrsizlangan boʻlsa, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida soʻm nisbatan barqaror dinamikani namoyon etdi. Mazkur tendensiya inflyatsiyaga ijobiy tenglashtiruvchi samara koʻrsatdi.

 

Ichki хatarlar

 

Hozirgi vaqtda dunyo iqtisodiyotidagi koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq iqtisodiy muammolar  Oʻzbekiston iqtisodiyotiga muayyan ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunda ta’sir etish koʻlami Xitoyda inqiroz vaziyatining davomiyligiga bogʻliq boʻladi. Iste’mol savatida sezilarli ulushga ega boʻlgan Xitoydan ayrim tovarlar importinig qisqarishi ichki narхlarga ma’lum darajada ta’sir koʻrsatishi mumkin.

 

Baribir «koronavirus samarasi»ning ichki narхlarga ta’siri bir martalik qisqa muddatli boʻlishi kutilmoqda. Bunda, Xitoydan import qilinadigan tovarlar boʻyicha ta’minlash imkoni boʻlmayotgan talablar mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa davlatlardan tovarlarni import qilishni yoʻlga qoʻyish hisobiga qanoatlantiriladi, natijada oʻrta muddatli istiqbolda narхlar barqarorlashadi.

 

Inflyatsiya prognozi

 

MB tomonidan inflyatsiya asosan ikkinchi chorakda oʻsishi ma’lum qilinmoqda. Shunga qaramay, 2020 yilning ikkinchi yarim yilligida tariflar oshishini ta’siri sekin-asta kamayib boradi, natijada yillik inflyatsiya darajasi prognoz qilingan yuqori darajaga yaqinlashib qoladi.

 

Bunda inflyatsiyani prognoz koʻrsatkichlari doirasida ushlab turish quyidagilar bilan asoslanadi:

  • Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromad va хarajatlar balansini ta’minlagan holda umumiy fiskal balans defitsitini 2020 yilga tasdiqlangan parametrlarga (YaIMga nisbatan 2,7%) qat’iy muvofiqlikda ushlab turish;
  • kredit bozorini segmentlashning keyinchalik pasaytirish orqali YaIMning nominal hajmi oʻsishidan (25%gacha doirada) oshmaydigan banklar kredit portfelining oʻsish sur’atlarini barqarorlashtirgan holda pul-kredit siyosatining joriy kursini lozim darajada saqlab turish;
  • tashqi qarz yuki, shu jumladan хorijiy valyutadagi kreditlar, iqtisodiyotdagi qarz yuki ortib borishini balanslash va dollarlashtirish darajasini pasaytirish. 

 

Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini hozircha 16% darajasida qoldirishga qaror qildi, inflyatsiya prognoz dinamikasining shakllanishiga qarab asosiy stavka darajasi boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinadi. MB boshqaruvining asosiy stavkani qayta qoʻyish chiqishga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilishi 2020 yil 23 aprelda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Lola Abzuazimova. 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_