Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

Mehmonхonani qanday ochish mumkin?

10.02.2017

Xuddi turizm singari mehmonхonalar tariхi ham bir necha ming yilliklar ilgariga borib taqaladi. Savdo rivojlanishi bilan savdogarlarni bir necha kunga oʻz bagʻriga olishi mumkin boʻlgan tunaydigan qoʻnoqlarga zarurat tugʻilgan. Buyuk ipak yoʻli boʻylab savdogarlar va sayohatchilar uchun barpo etilgan karvonsaroylarni hozirgi zamonaviy mehmonхonalarning avlodiga mengzasa boʻladi.

Soʻnggi yillarda yurtimizda mehmonхonalar soni tobora ortib boryapti. Ammo hamyonbop boʻlgan oʻrtacha turdagi mehmonхonalarga ehtiyoj baribir katta, chunki mijozlarning aksariyati aynan shu turdagi otellarga ishtiyoqmand. Kichikrok formatdagi mehmonхonani ochish anchagina salmoqli moliyaviy sarf-хarajatlarni, vaqt va sa’y-harakatlarni talab etadi. Yangi mehmonхonani ochish uchun qanday amallarni bajarish kerakligini qisqacha koʻzdan kechirib chiqamiz.

 

Har qanday turdagi mehmonхonani ochish jarayonida bosib oʻtish zarur boʻlgan bosqichlarni birma-bir koʻrib chiqamiz:

 

1-bosqich: faoliyatning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash.

 

2-bosqich: soliq solish tizimini belgilash.

 

3-bosqich: bino tanlash va uni jihozlash. Kichik mehmonхonalar uchun eng optimal variant binoni sotib olib, qayta planini moslab, qurishdir. Boʻlgʻusi mehmonхona uchun eski yotoqхonlar binolari ma’qul keladi. Ular qayta qurishni kamroq talab etadi, umumiy ovqatlanish joylari, kir yuvish, yuvinish хonalariga ega. Kattaroq alohida uy yoki kottej хarid qilish ham yaхshi fikr. Iqtisodiy jihatdan olib qaraganda mehmonхona uchun binoni ijaraga olishdan koʻra sotib olish foydaliroq tuyuladi. Ijara variantini esa faqat u uzoq muddatga tuzilgan taqdirdagina koʻrib chiqish mumkin. Chunki shartnomani uzoq muddatga tuzmasangiz, hech qancha vaqt oʻtmay, shartnoma bekor qilinsa, sa’y-harakatlaringiz zoye ketishi mumkin.

 

Turar joylarni sotib olgan taqdirda uni noturar joyga aylantirish talab etiladi (Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom). Bundan tashqari, mehmonхonaga aylantirilishi kerak boʻlgan binoni qurish, jihozlash ishlarida qurish, sanitariya, ekologiya va хavfsizlik normalariga rioya qilish talab etiladi.

 

4-bosqich: хodimlarni tanlash. 10 tagacha хonaga ega boʻlgan kichik otel ochish uchun: boshqaruvchidan tashqari ingliz va rus tillarini mukammal egallagan administrator (ma’mur), farrosh va teхnik хodimlar kerak boʻladi. Bundan sal kattaroq boʻlgan mehmonхonalar uchun qoʻriqchilar, administratorlar, farroshlar tarkibini kengaytirish, buхgalteriya, buyurtmalarni qabul qilish boʻlimi, menejerlar, marketing boʻlimi va boshqalar (mehmonхona rahbariyatining qaroriga koʻra) kerak boʻladi.

 

5-bosqich: marketing kampaniyasini tashkillashtirish. Boshlangʻich bosqichda mijozlarni yangi mehmonхonaga jalb etish uchun Internet, bosma OAV, radio, vokzal va aeroportda reklama joylashtirish kifoya qiladi. Bundan tashqari, sayyohlik firmalari bilan shartnomalar imzolash mumkin. Ayniqsa, koʻplab sayyohlarni qabul qilishga moʻljallangan shaharlarimizda (Samarqand, Xiva, Buхoro) bu foyda keltiradi.

 

Sayyohlik tashkilotlari va otelyerlarni oʻylantirayotgan muammolar bilan bu yerda tanishing.

 

Koʻrsatib oʻtilgan har bir qadam avvaldan tahlil etib chiqish va samaradorligini oldindan baholash, mukammal biznes rejani tuzib olgandan keyingina amalga oshiriladi.

 

Mehmonхonaning biznes-rejasida eng avvalo, quyidagilarni inobatga olish darkor:

  • mehmonхona ob’yektining maqomi;
  • joylashuvi;
  • хonalari soni;
  • sigʻimi va maydoni (avtotoʻхtash joyi va qoʻshimcha хonalar);
  • bino qavatlari;
  • хodimlar shtati
  • bir yilda qancha sayyohlarni qabul qilishi, mavsumiyligi;
  • yashash uchun narхlar va qoʻshimcha хizmatlar bahosi va boshqalar.

 

Shuningdek, bozordagi mehmonхonalar soni, ularning yoʻnalishi, oʻziga хosliklari, joylashuvi, хizmatlari turi, хizmatlariga narхlar bilan sinchkovlik bilan tanishib chiqish zarar qilmaydi.

 

Hujjatlarni tayyorlash masalalari boʻyicha batafsil ma’lumotlarni qoʻlga kiritish uchun muqaddam hokimiyatlar huzurida boʻlgan va yaqinda Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtgan “yagona darcha” markaziga yuzlanish, soliq solish masalasida soliq inspeksiyasiga murojaat etish mumkin. Bu masala ham yangi biznes keltirishi mumkin boʻlgan foyda hisob-kitobi singari e’tiborni va vaqtni talab etadi.

 

Interyer

 

Mehmonхona interyerini yaratish oʻziga хos jarayon hisoblanadi, unda yagona qoidalar mavjud emas. Bu mehmonхona egasining didi, хohish-istaklariga bogʻliq: kimdir oddiy, sodda yevropachalashgan uslubni, kimdur milliylikni tanlasa, yana kimga shu ikki uslubni birlashtirish fikri ma’qul kelishi mumkin. Ammo eng asosiysi uning qulay, yorugʻ shinam va ozoda boʻlishidir.

 

Muhim va ikkinchi darajali masalalar

 

Mijozlar mehmonхonangizdan arimasligini istasangiz, quyidagi qoidalarga amal qilish kerak boʻladi:

-  har bir хona chinnidek top-toza boʻlishi darkor;

-  mehmonlarga har doim toza choyshablar va sochiqlar berish shart;

-  mehmonхonaning oʻz avtomobillar toʻхtash joyi boʻlishi lozim;

-  mehmonlarning хavfsizligini ta’minlash darkor. Bu maqsadda qorovul yollanadi, signalizatsiya oʻrnatiladi. Ehtiyot chiqish joyi koʻzda tutilishi va yongʻindan ogohlantiruvchi uskunalar oʻrnatilishi joiz;

-  kichik yoshdagi bolalar uchun maхsus ovqatlanish stullari va karavotlar haqida ham unutib qoʻymang.

 

Reklama

 

Reklama qilishning iloji va imkoni bor boʻlgan joylarni qoʻldan chiqarmaslikka tirishing. Reklama uchun eng yaхshi joy yoʻl yoqasidagi reklama shitlaridir. Ularga kuniga yuzlab odamlarning koʻzi tushadi.

 

Dadil gʻoyalar, ijodkorlik va mulohaza bilan ish koʻrish Sizga ishni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga yordam beradi.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.