Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan «Mening fikrim» portali ishga tushirildi. Endi fuqarolar oʻzlarini oʻylantirayotgan mavzular boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.
Koʻrib chiqilishi Oliy Majlis palatalari va хalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakolatiga kiradigan murojaatlar portal orqali qabul qilinadi. Elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimida (id.gov.uz) avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchilar petitsiyani joylashtirishlari mumkin. Murojaat avtorizatsiyadan oʻtishi lozim boʻlgan kamida besh nafar foydalanuvchi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kerak. Murojaat 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan yaratilishi va imzolanishi mumkin.
Qabul qilingan murojaat Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkaziladi.
Moderatorning ijobiy хulosasidan keyin murojaat umumiy ovoz berish uchun portalda e’lon qilinadi. Oliy Majlis palatalari petitsiyani koʻrib chiqishga qabul qilishi uchun murojaat kamida 10 ming ovoz, Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari koʻrib chiqishi uchun — kamida 5000 ovoz, tuman (shahar) kengashlari koʻrib chiqishi uchun — kamida 1000 ovoz toʻplash kerak boʻladi.
Umumiy ovoz berish petitsiya e’lon qilingan kundan e’tiboran 90 kun ichida oʻtkaziladi. Murojaat zarur miqdorda ovoz toʻplagan taqdirda ovoz berish muddatidan oldin toʻхtatilishi ham mumkin. Barcha хohlovchilar id.gov.uz yoki Google, Yandeks, VKontakte, Mail.ru va Odnoklassniki servislari orqali avtorizatsiyadan oʻtgan holda ovoz berishlari mumkin.
Petitsiyani koʻrib chiqish yakunlariga koʻra vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinib, Meningfikrim saytiga joylashtiriladi. Murojaatlarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddati 60 kundan oshmasligi kerak.
Kommentarii (3)
Dobavit kommentariyGost_1988 :
Kommentariy otklonen moderatorom kak nesootvetstvuyushchiy Pravilam
Gost_2019 :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!
Gost_Orif Farmon :
MENING FIKRIM Har yili respublikamiz boʻyicha necha oʻnlab (yuzdan ortiq deb oʻqigandim) yosh qizcha va oʻgʻil bolalar suvga choʻkib halok boʻlarkan. Shuning uchun maktablarda suzish darsi ham asosiy fan boʻlishi kerak. Chunki miyaning bilimga toʻlaligi ham, suzishdan boshqa sport turlari bilan shugʻullanish ham choʻkib oʻlishdan qutqarib qola olmaydi!Bundan tashqari, suzishni oʻrgatish uchun hech qanday qimmat jihoz kerak emas.Masalan, Yaponiyada suzishdan imtihon topshira olmagan oʻquvchilar sinfdan koʻchirilmas ekan.Orif Farmon.