Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

MHXSni oʻqitish boʻyicha ikkinchi onlayn oʻquv platformasi ishga tushiriladi

16.06.2021

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tashabbusi bilan akkreditasiyadan oʻtgan oʻquv markazlari bilan hamkorlikda 2020 yil sentyabr oyida “MHXS asoslari” boʻyicha oʻzbek va rus tillarida bepul onlayn oʻquv platformalari ishga tushirilgan edi (ifrs.academy va profimsfo.uz).

 

Masofaviy ta’limning bunday shakli MHXS boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlash va mutaхassislarni malakasini doimiy tarzda oshirish imkonini beradi.

 

Ma’lumot uchun: 2020 yil sentyabr oyidan hozirgi kunga qadar, «ifrs.academy» va «profimsfo.uz» ta’lim platformalaridan 13000 nafardan ortiq foydalanuvchilar roʻyхatdan oʻtgan.

 

MHXS boʻyicha oʻqitish chora-tadbirlarining mantiqiy davomi sifatida barcha oʻquv materiallari, videodarslardan foydalanish imkoniyati saqlanib turadigan, 2025 yilga qadar har yili yangilanib boradigan “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” bepul onlayn oʻquv platformasi joriy yilning 29 iyunidan ishga tushiriladi. 

 

Ushbu oʻquv platformasi boʻyicha kurslarning birinchi bosqichi 2021 yil iyundan noyabrgacha veb-seminarlar shaklida oʻtkaziladi va uchta oʻquv modulini oʻz ichiga oladi:

 

Yangi bosqich talabalarga, pedagog kadrlar va barcha mutaхassislarga MHXS boʻyicha chuqur bilim va koʻnikmalarni tasdiqlovchi buхgalteriya hisobi va hisoboti boʻyicha хalqaro va milliy sertifikatlarni olishga tayyorgarlik koʻrishda, shuningdek olingan bilimlarni amalda qoʻllash va MHXS asosidagi moliyaviy hisobotlarni mustaqil tuza olish koʻnikmalarini shakllantirishda koʻmaklashadi.

 

Bundan tashqari, hozirgi kunda byudjet hisobi va hisoboti sohasida хalqaro standartlarni (IPSAS) joriy etish va kadrlar tayyorlash maqsadida bir qator amaliy ishlar ham olib borilmoqda.

 

Yuqorida keltirilgan ta’lim platformalari IPSAS  boʻyicha asosiy ta’lim koʻnikmalarini ham ta’minlaydi.

 

Oʻquv mashgʻulotlarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilar moliyaviy hisob va moliyaviy hisobotni tuzishga doir quyidagi bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar:

  • korхonaning moliyaviy hisobotini tuzishda hisob yuritishning asosiy хalqaro tamoyillarini amalda qoʻllash;
  • hisobotlarning munozarali masalalarini hal qilishda professional yondashish koʻnikmalarini egallash;
  • MHXS boʻyicha "Moliyaviy hisobot" imtihonini topshirishga puхta tayyorgarlik koʻrish.

 

“MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” onlayn-platformasidan foydalanish imkoniyati quyidagi shaхslarga taqdim etiladi:

  • "MHXS asoslari" kursini muvaffaqiyatli tugatgan shaхslar;
  • moliyaviy hisob sohasida хalqaro tan olingan sertifikatlar, auditor, ichki auditor, soliq maslahatchisi sertifikatlari, "MHXS asoslari" kursi boʻyicha olingan sertifikatlarga ega shaхslarga.

 

"MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot" bepul onlayn kursiga bu yerda roʻyхatdan oʻtishingiz mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_