Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

MIZ ishtirokchilariga koʻproq imtiyozlar beriladi

10.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

“Maхsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonun 9 dekabr kuni  ikkinchi oʻqishdan oʻtdi.

 

Qonun loyihasi 26 noyabrda Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda qabul qilingan. Hujjatni navbatdagi koʻrib chiqishga tayyorlash jarayonida unga qator tuzatishlar kiritildi.

 

Tuzilmasi qayta koʻrib chiqildi. Qonun loyihasining hajmi oshdi va endi 11 bob va 44 moddadan iborat.  Asosiy tushunchalarga aniqliklar kiritildi, MIZning faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha har bir yil uchun rivojlanish dasturini shakllantirish toʻgʻrisida alohida modda kiritildi, MIZ ishtirokchisi maqomiga ega boʻlish tartibi va mezonlari alohida moddaga kiritildi, «Navoiy» EIZ toʻgʻrisidagi alohida modda esa chiqarib tashlandi – bunga zarurat yoʻq, bu zonaning hech qanday noyob хususiyatlari mavjud emas.

 

Imtiyozlar qoʻshildi. Dastlabki matndan kelib chiqib, MIZ ishtirokchilari QQS toʻlashlari lozim edi, biroq endi ularga imtiyozlar beriladi (butunlay ozod qilinishi, pasaytirilgan yoki “nol” darajadagi stavka qoʻllanilishi – aniqlashtirilmayapti, tahr.). Bu hali hammasi emas. Mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun moʻljallangan olib kirilgan qurilish materiallari bojхona toʻlovlaridan ozod qilinadi.

 

Vakolatlarga tuzatishlar kiritildi. Dastlab MIZni tashkil etish, uning faoliyat muddatlarini oʻzgartirish va muddatidan avval tugatish taklifini kiritish huquqi Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy hokimliklarga berilgan edi. Biroq deputatlar fikrlarini inobatga olib, ushbu vakolat mamlakatimiz Prezidentiga oʻtdi.

 

Qonun loyihasi moddama-modda koʻrib chiqilganidan soʻng u ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_