Prezident Farmoniga asosan, Mustaqillik kuni bayramiga barcha хodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar, 5 kunlik dam olish kunlari taqdim etiladi.
Xususan:
1 sentyabr (chorshanba) - Mustaqillik kuni;
2 sentyabr (payshanba) - qoʻshimcha dam olish kuni;
3 sentyabr (juma) - qoʻshimcha dam olish kuni;
4 sentyabr (shanba) - dam olish kuni (barcha хodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar);
5 sentyabr (yakshanba) - dam olish kuni.