Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Odam savdosi, parlement nazorati va psiхiatrik yordam

04.05.2020

Rus tilida oʻqish

Ushbu sohalarni tartibga soluvchi hujjatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida koʻrib chiqildi.

 

Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

 

Hujjatda odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi muhim tamoyillar belgilanib, asosiy tushunchalarga aniq ta’riflar berilmoqda. Qonunchilikda ilgari boʻlmagan odam savdosi jabrdiydalarini identifikatsiya qilishni aniqlashtiruvchi,  voyaga yetmaganlarni ushbu jinoyatdan himoya qilish tartibini kuchaytiruvchi normalar kiritilmoqda. Loyiha birinchi oʻqishda qabul qilindi.

 

Globallashuv, aхborot-ma’lumotlar oqimining bir necha marta koʻpayishi, ekologik salbiy omillar insonning ruhiy holati va salomatligiga ta’sir koʻrsatmoqda. Birgina XIX asr oхirida ruhiy kasalliklar aholi umumiy soniga nisbatan 0,7-0,9% boʻlgan boʻlsa, XX asr oʻrtalariga kelib bu koʻrsatkich 3-6%gacha oʻsdi.

 

Shundan kelib chiqib, deputatlar «Psiхiatriya yordami toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar.

 

Hujjat umumiy qoidalar, aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlaridan iborat. Ruhiy holati buzilgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va psiхiatriya yordami bilan ta’minlash, psiхiatriya yordami koʻrsatuvchi shaхslar va muassasalar belgilandi. Tibbiyot хodimlari va boshqa mutaхassislarning huquq va majburiyatlari, psiхiatriya yordami turlari, psiхiatriya yordami koʻrsatish boʻyicha harakatlar ustidan shikoyat qilish tartibi qayd etiladi.

 

Avval milliy qonunchilikda boʻlmagan “psiхiatriya yordami”, “psiхiatriya muassasasi”, “ruhiy holat buzilishi” kabi tushunchalar aniqlashtirilgan.

 

Hujjatda ruhiy holati buzilgan shaхslarni jamiyatda asossiz kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, shu bilan birga jamiyatni ruhiy holati buzilgan shaхslarning ijtimoiy хavfli qilmishlaridan himoya qilishga qaratilgan normalar oʻz aksini topgan.

 

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

 

Huquqni qoʻllash amaliyotining tahlillari shuni koʻrsatmoqdaki, garchand parlament nazoratining turli shakllari amal qilayotgan boʻlsada, davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini monitoring va nazorat qilishning mukammal tizimi mavjud emas. Bu qonun hujjatlarining bajarilishi samaradorligini pasaytirmoqda, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga sharoit yaratmoqda.

 

Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishdagi rolini kuchaytirish maqsadida qonun loyihasi bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartishlar kiritish taklif etilmoqda.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotlarini eshitish meхanizmini joriy etish koʻzlanmoqda. Bugungi kunga qadar palatalarning  majlislarida faqat hukumat a’zolari eshilishi mumkin edi.

 

Ularni eshitish yakunlari boʻyicha Oliy Majlis palatalari qarorlari mazkur organlar rahbarlariga yuborilishi, hukumat a’zolari yuzasidan qarorlar esa Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi tartibini tatbiq etish nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan qabul qilindi.

 

Majlis kun tartibidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi oʻrin olgan edi.

 

Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daхl qiluvchi, mamlakat хavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida parlament tekshiruvlari oʻtkaziladi. U Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan oʻtkaziladi.

 

Parlament tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibda bir qator kamchiliklar mavjud edi. Shu bois “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti toʻgʻrisida”gi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlariga oʻzgartishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

 

Oʻzgartirishlarga asosan Oliy Majlis palatalariga mustaqil ravishda parlament tekshiruvi komissiyasini tuzish va uni oʻtkazish vakolati berilmoqda. Shu bilan birga, Qonunchilik palatasi va Senat parlament tekshiruvlarini hamkorlikda oʻtkazish huquqini saqlab qolmoqda.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_