Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Oliy Majlis Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisi 20 noyabr kuni boʻlib oʻtadi

12.11.2020

Rus tilida oʻqish

2020 yil 11 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi.

 

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisini 2020 yil 20 noyabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.  Ular jumlasida:

  • “Genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olish toʻgʻrisida”gi;
  • “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
  • “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan geolog” faхriy unvonini ta’sis etish toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunlar.

 

Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning 9 oyi davomida Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisoboti, shuningdek “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunning vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlari  tomonidan ijro etilishi haqidagi masalalar koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

 

Maхsus iqtisodiy zonalarining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha qabul qilinayotgan choralar, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish samaradorligini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlari yuborishning muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

 

RFda mehnat faoliyatini vaqtincha amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlari himoyasini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida, bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatining amaldagi  holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovlari natijalari ham muhokama qilinadi.