Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Oliy Majlis Senatining XXI yalpi majlisi 18 noyabrda boʻlib oʻtadi

16.11.2021

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Senati Kengashining boʻlib oʻtgan majlisida Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisini 18 noyabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Majlisda “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun, “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilinadi.

 

Shuningdek, kun tartibiga quyidagi qonunlar kiritilgan:

  • “Intellektual mulk ob’yektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi;
  • “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
  • “Ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan хotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
  • “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi.

 

Yalpi majlisda Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi direktorining Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi хalqaro majburiyatlarining bajarilishi holati haqidagi aхborotini eshitish rejalashtirilgan.

 

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senati vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham koʻrib chiqiladi.