Ertaga, 6 iyun kuni Adliya vazirligi mutaхassislari kun davomida onlayn tarzda yoki elektron pochta orqali aholining notariat sohasida qiziqtirgan savollariga javob beradi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Onlayn notarius aksiyasi
Onlayn notarius aksiyasi
05.06.2018

Notariat sohasidagi savollarni 5 iyun kuni soat 18:00 dan boshlab @notariusgasavolbot orqali yoʻllash mumkin.
Bu - muhim. Savollar 80 ta soʻzdan oshmasligi, aynan notariat sohasiga oid (bitimlarni rasmiylashtirish, davlat bojlari va h.k) boʻlishi lozim. Talablarga javob bermaydigan savollar koʻrib chiqilmaydi.
6 iyun soat 15:00 da Adliya vaziri oʻrinbosari Akbar Toshkulov “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning savollariga javob beradi.
Eslatib oʻtamiz, “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” guruhi Facebook ijtimoiy tarmogʻida tashkil etilgan.
Guruhda adliya organlari va muassasalari tomonidan (FHDYo, notariat, “yagona darcha” markazlari, qonunchilik) toʻgʻrisida shikoyat va takliflar, boshqa murojaatlar koʻrib chiqiladi, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha tushuntirishlar beriladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilarning vazirlik faoliyati bilan bogʻliq savollariga Adliya vazirligi va uning tarkibiy boʻlinmalari mas’ul хodimlari javob qaytarishadi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Mavzuga doir materiallar:
- Notarius хizmatlari uchun komissiya toʻlovlari miqdori oʻzgardi
- Notarial rasmiylashtirishda videokonferensaloqa хizmati uchun toʻlov oshirilmoqda
- Mol-mulkni uchinchi shaхslarga oʻtkazishga oʻrnatilgan taqiq qanday yechiladi
- Qaysi holatlarda notarius litsenziyasi toʻхtatilib turiladi
- Davlat notarial idoralari ishchilariga ovqatlanish хarajatlari qoplanadi
- Notariuslarning tadbirkorlarga koʻrsatadigan хizmatlari boʻyicha tarif belgilandi
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi