28 yoshli talabaning OTMda ta’limi uchun haqni uning eri toʻlasa, SKning 378-moddasi 16-bandida nazarda tutilgan JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi? Agar talaba uchun bir yoʻla oilaning uchta a’zosi haq toʻlasa, haq toʻlashda ishtirok etish ulushini qanday tasdiqlash mumkin? Kontrakt haqini toʻlashda bank foiziga imtiyozni qoʻllasa boʻladimi?
Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Yunusobod DSI bosh soliq inspektori Nizomiddin SULTONOV javob berdi:
1. Norma ruscha va oʻzbekcha variantlarda - farq qiladi
- Talaba uchun yoshga doir cheklovga nisbatan savolni bugungi kunda koʻplar berishadi, sababi Soliq kodeksida oʻzbek tilida va uning rus tilidagi tarjimasida ushbu norma turlicha ifodalanadi.
Oʻzbek tilidagi matndan erining (хotinining) хotinining (erining) yoshi muhim emasligi, rus tiliga tarjimadan esa – imtiyozni faqat ta’lim olayotgan erining (хotinining) yoshi 26 oshmagan taqdirda qoʻllash mumkinligi kelib chiqadi.
Mazkur vaziyatda “Davlat tili haqida”gi Qonunning 8-moddasiga amal qilish zarur, unda bunday deyilgan: “Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.
Ya’ni – agar rasman yondashilsa – oʻzbek tilidagi SKning 378-moddasi 16-bandida yozilgan normaga rioya qilish lozim. Bu shuni anglatadiki, ushbu normani qoʻllash uchun хotinining yoshi ahamiyatga ega emas.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.