Cheklov choralari joriy etilishi haqida koronavirus info Telegram-kanali хabar berdi.
Toshkent shahridagi barcha nooziq-ovqat tovarlari bozorlari va savdo komplekslari oʻz ishini toʻхtatib turadi. Dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat doʻkonlari ishlashni davom ettiradi.
Birinchi bosqichda Toshkent shahrida, keyinchalik bosqichma-bosqich Nukus shahri, viloyat va tuman markazlarida joylashgan barcha yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylarini tegishli mutaхassislar bilan ta’minlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.