Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Pensiya hisoblash uchun ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma onlayn rejimda beriladi

04.04.2019

Rus tilida oʻqish

YaIDXPda Davlat soliq qoʻmitasining yangi хizmati joriy etildi.

 

Fuqarolarga hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar avtomatik rejimda taqdim etiladi. Portalda koʻrsatilishicha, хizmat bir zumda va bepul koʻrsatiladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 1.02.2019 yildagi «Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida»gi 80-son qarori хizmat joriy etilishi uchun asos boʻldi. Unda Hisoblangan ish haqini hisobga olish reyestrini shakllantirish va davlat interaktiv хizmatini joriy etish nazarda tutilgan edi.  

 

Murojaat qiluvchi davlat soliq хizmati organlarida hisobga qoʻyilmagan taqdirdagina хizmat koʻrsatishni rad etishlari mumkin.

 

Quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilib, хizmat haqida qoʻshimcha tushuntirishlarni olish mumkin: (+998) 71 244-32-82.