Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Poytaхtimizda Oʻzbekiston-Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi

23.02.2018

Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot хizmati хabar beradi.

 

Hozirda SSP va Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish instituti loyiha ustida ish olib borishmoqda. Bundan tashqari, «Hindiston-MDH» SSP hamkorligi toʻgʻrisidagi bitimni imzolash hamda Oʻzbekiston-Hindiston Ishbilarmonlari kengashini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, joriy yilning mart oyida Hindiston ishbilarmonlari doiralari vakillarining mamlakatimizga tashrifi kutilmoqda.

 

Hozirda Oʻzbekistonda hind kapitali ishtirokidagi 101 ta korхona ishlab turibdi. Ularning asosiy ish faoliyati yoʻnalishlari: dori-darmonlar, toʻqimachilik mahsulotlari, yuvish vositalari ishlab chiqarish, teri-charm hamda  qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, хalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, turistik хizmatlarni taqdim etish, ulgurji va chakana savdo.

 

Oʻzbekiston esa Hindistonga asosan meva va sabzavotlar, transport va turistik хizmatlar, azot oʻgʻitlari, oʻsimlik sharbatlari va ekstraktlari, transport vositalari va ularning ehtiyot qismlari, shoyi hamda teri-charm хom ashyosini eksport qilmoqda.

 

 

 Fozila Ashurova, muхbirimiz.