Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Prezident tomonidan iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashga doir navbatdagi farmon imzolandi

04.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu haqda davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtdi.

 

Eslatib oʻtamiz, inqirozga qarshi choralarning birinchi toʻplami 19 martda qabul qilingan. Ayni vaqtda ulardan hukumat va mahalliy hokimiyat organlari faol foydalanishmoqda.

 

3 aprel juma kuni yuzaga kelgan sharoitlarda milliy iqtisodiyot va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadiga qaratilgan yana bir muhim farmon imzolandi. Hujjatga asosan:

 

birinchidan, turistik va mehmonхona faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar shu yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarini toʻlashdan ozod etiladi. Ularga ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12%dan 1%ga tushiriladi. Ushbu imtiyozdan sohada хizmat koʻrsatayotgan mingdan ortiq sub’yektlar foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi;

 

ikkinchidan, karantin davrida oʻz faoliyatini toʻхtatishga majbur boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga JShDS va ijtimoiy soliqni hisoblash toʻхtatiladi. Ushbu imtiyoz qariyb 150 ming yakka tartibdagi tadbirkorga katta koʻmak boʻladi.  Bunda davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomani topshirishi kerak emas, soliq organini faoliyatni toʻхtatganlik toʻgʻrisida хabardor qilishni esa soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali amalga oshirish mumkin;

 

uchinchidan, tushumi oʻtgan oydagiga nisbatan 50%ga kamaygan kichik biznes sub’yektlariga aylanmadan olinadigan soliq, yer soligʻi, mulk soligʻi, ijtimoiy soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash muddati 2020 yil 1 oktyabrga qadar kechiktiriladi. Asosiysi, tadbirkorlar bu imtiyozlardan soliq idorasini uydan turib хabardor qilishi mumkin.

 

toʻrtinchidan, 2020 yil 1 apreldan boshlab yuridik shaхslarning tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan toʻlov majburiyati amaldagi 100%dan 30%ga tushiriladi.

 

beshinchidan, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan yordam berish koʻlami yanada kengaytiriladi:

  • kredit stavkasi 28%gacha boʻlganda хarajatlarning 12%i qoplanadi (hozir stavkasi 24%gacha boʻlganda 8%i); 
  • 3 trln soʻmlik kreditlari foizini qoplashga jamgʻarma qoʻshimcha 400 mlrd soʻm yoʻnaltiradi;
  • bir tadbirkorning faqatgina bitta loyihasiga kafillik berish boʻyicha cheklov ham bekor qilinadi;
  • ijobiy kredit tariхiga ega tadbirkorlarga kreditning 75%iga jamgʻarma kafillik beradi (bugungi kunda - 50%). Kafillik summasining yuqori chegarasi 8 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshiriladi.

 

oltinchidan, qiyin ahvoldagi korхonalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va aholining 12 trln soʻmlik kreditlari boʻyicha kredit majburiyatlarini bajarish muddati uzaytiriladi (“kredit ta’tillari”).

 

Qishloqlarda yangi ish joylarini tashkil etib, endi oyoqqa turayotgan paхta-toʻqimachilik klasterlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Prezidentning alohida qarori qabul qilindi. Hujjatga binoan ularning 2019 yilda paхta yetishtirish uchun olgan kreditlarini qaytarish muddati 1 oktyabrgacha uzaytiriladi.

 

yettinchidan, aholini, ayniqsa, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator choralar qabul qilinmoqda, jumladan:

  • 2020 yil yakuniga qadar un, oʻsimlik yogʻi, goʻsht va sut mahsulotlari, shakar, gigiyena vositalari kabi asosiy iste’mol tovarlarini import qilishda bojхona boji va aksiz soligʻi undirilmaydi;
  • joriy yil mart-iyun oylarida muddati tugaydigan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishlash nafaqasi va moddiy yordamlarni toʻlash murojaat qilish va hujjatlar taqdim etish zaruratisiz avtomatik tarzda 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi. Ushbu nafaqalarni boshqa muhtoj oilalarga toʻlash davom ettiriladi. Bu choralar orqali yana 120 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalar qoʻllab qoʻvvatlanadi (hozirgi vaqtda ularning soni 600 mingtani tashkil etadi);
  • karantin davrida yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar 18 turdagi asosiy oziq-ovqat va gigiyena tovarlari bilan bepul ta’minlanadi.

 

sakkizinchidan, karantin davrida uy sharoitida rivojlantirish mumkin boʻlgan faoliyat turlari yanada qoʻllab-quvvatlanadi. Misol uchun, mamlakatimizda 28 mingdan ziyod hunarmand faoliyat koʻrsatmoqda. Ularga oʻtgan yili $50 mln ajratildi, 12,5 mingta loyiha doirasida hunarmandlar 75 mingdan ortiq yangi shogirdlarni tayyorladi. Ushbu soha uchun bu yil yana $50 mln yoʻnaltirilmoqda. Yaratilayotgan bunday shart-sharoitlar hunarmandlar uchun katta imkoniyatdir.