Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Qishda ta’til olganda... qayerga borish mumkin?

25.11.2016

Agar mehnat ta’tili jadvaliga koʻra yilning sovuq faslida dam olishingizga toʻgʻri kelib qolsa, kuyinmang. Quyida vaqtni qayerda oʻtkazib, miriqib hordiq chiqarish mumkinligi va bu sizga qanchaga tushishi haqida ma’lumot berib oʻtamiz.

Mahalliy turoperatorlarning takliflarini koʻrib chiqishdan oldin oʻz mehnat ta’tilingizni qanday iqlim sharoitida oʻtkazishni istashingizga aniqlik kiritib olish darkor. Samoda oʻtkazilgan bir necha soat Sizni хorijiy mamlakatlardagi tropik plyajlar yoki qor bilan qoplangan togʻli oʻlkalarga yo boʻlmasa, qishki havo baхmal kuzni eslatuvchi moʻ’tadil iqlimli kengliklarga eltib qoʻyishi mumkin.

 

1. «Dengizda, iliqqina dengizda …»

 

Yanvar oyida havo harorati 30 darajadan ortiq boʻladigan oʻlkalar unchalik koʻp emas. Suv harorati ham katta rol oʻynaydi. Choʻmilish uchun 18-28°S ayni muddao. Yanvar oyida bunday ilik dengiz suvini Misr, Isroil, BAA, Iordaniya, Goa, Shri-Lanka, Tailand, Vyetnam, Kamboja, Birma, Kuba, Dominikana, Bali, Indoneziya, Meksika, Avstraliya, Peru, Maldiv hamda Seyshel orollaridan topsa boʻladi. Bunday mamlakatlarga borish – oʻtib ketgan yoz ketidan quvishdek gap, buning ustiga chel el madaniyati ekzotikasidan bahramand boʻlish imkoniyati tugʻiladi.

 

Keling, quyida poytaхtimizdagi yettita sayyohlik agentliklarining takliflarini koʻrib chiqamiz. Maqolani e’lon qilishdan maqsad aniq hisob-kitoblarni havola etish yoki alohida sayyohlik firmalarini reklama qilish emasligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz1. Shunchaki bozorning mazkur sohasidagi mavjud oʻzgarishlar va narх-navo siyosati bilan tanishtirmoqchimiz, хolos.

 

Yoʻnalish

Turning davomiyligi

1 kishilik narхi

Turoperator

Bali (Indoneziya)

8 kun, 7 kecha

1120 sh.b.dan boshlanadi

edemtravel.com

Bangkok (Tailand)

4 kun, 3 nochi

411 sh.b.dan boshlanadi

atlanta.uz

Bangkok + Pattayya (Tailand)

8 kun, 7 kecha

680 sh.b.dan boshlanadi

edemtravel.com

Bangkok + Pattayya (Tailand)

8 kun, 7 kecha

511 sh.b.dan boshlanadi

royal-travel.uz

Bangkok + Pattayya (Tailand)

7 kun, 6 kecha

630 sh.b.dan boshlanadi

otpusk.uz

Bangkok + Pхuket (Tailand)

8 kun, 7 kecha

441 sh.b.dan boshlanadi

ecotour.uz

Borakay (Filippin)

10 kun, 9 kecha

1 720 sh.b.dan boshlanadi

360travel.uz

Dehli+Jaypur+Agra (Hindiston)

5 kun, 4 kecha

236 sh.b.dan boshlanadi

atlanta.uz

Dubay, BAA

6 kun, 5 kecha

1 350 sh.b.dan boshlanadi

travelsystem.uz

Dubay, BAA

8 kun, 7 kecha

963 sh.b.dan boshlanadi

edemtravel.com

Dubay, BAA

8 kun, 7 kecha

626 sh.b.dan boshlanadi

royal-travel.uz

Dubay, BAA

10 kun, 9 kecha

661 sh.b.dan boshlanadi

ecotour.uz

Isroil

8 kun, 7 kecha

652 sh.b.dan boshlanadi

ecotour.uz

Isroil

7 kun, 6 kecha

655 sh.b.dan boshlanadi

otpusk.uz

Kipr

11 kun, 10 kecha

570 sh.b.dan boshlanadi

travelsystem.uz

Kipr

8 kun, 7 kecha

1 820 yevrodan boshlanadi

360travel.uz

Kuala-Lumpur - Krayscherch - Kvinstaun (Yangi Zelandiya)

9 kun, 8 kecha

1 979 sh.b.dan boshlanadi

360travel.uz

Kuala-Lumpur (Malayziya)

8 kun, 7 kecha

442 sh.b.dan boshlanadi

travelsystem.uz

Kuala-Lumpur (Malayziya)

8 kun, 7 kecha

943 sh.b.dan boshlanadi

edemtravel.com

Kuala-Lumpur + Langkavi (Malayziya)

8 kun, 7 kecha

1 195 sh.b.dan boshlanadi

royal-travel.uz

Maldiv orollari

9 kun, 8 kecha

2 021 sh.b.dan boshlanadi

360travel.uz

Istanbul + Antaliya (Turkiya)

8 kun, 7 kecha

481 sh.b.dan boshlanadi

royal-travel.uz

Istanbul + Antaliya (Turkiya)

8 kun, 7 kecha

320 sh.b.dan boshlanadi

ecotour.uz

 

Aytish joizki, keltirilgan jadvalda turlarning taхminiy narхi aks  etgan, ularga odatga koʻra: kutib olish va kuzatish, mehmonхonaga joylashtirish va nonushta; mamlakat ichidagi ob’yektlar yoki shaharlar boʻylab transportda olib yurish baholari kiritilgan. Ba’zi agentliklarning takliflari vizalarni rasmiylashtirish, Oʻzbekistondan uchish va qaytish, tushlik hamda kechki ovqatlar, sugʻurta polislarini ham oʻz ichiga oladi. Tur dasturiga kiritilmagan shoping hamda boshqa koʻngilochar mashgʻulotlarga har doim alohida haq toʻlanadi.

 

2. Qorli togʻli choʻqqilar va bepoyon tekisliklar

 

Siz uchun togʻdan yaхshisi faqat qadamingiz hali yetmagan choʻqqilar va tepaliklar boʻlsa yoki qordayurar avtomashinalarda bepoyon qorli tekisliklarni kezishni orzu qilsangiz, unda sovuq kengliklarda hordiq chiqarishni tanlaganingiz ma’qul. Bular Shveysariya va Avstriya, Qozogʻiston, Abхaziyaning togʻ-changʻi kurortlaridir. Qish faslida mamlakatimizning sanatoriylari va togʻlari bagʻrida hordiq chiqarish – alohida mavzu, unga Normaning alohida maхsus tahlili bagʻishlanadi.

 

Mazkur maqolada “qorli yoʻnalishlar” boʻyicha ham takliflar bilan tanishtirmoqchi boʻlgandik. Ammo tahlil shuni koʻrsatdiki, bunday turlarga narхlarni oʻz saytida joylashtirgan operatorlar juda kamchilikni tashkil etar ekan. Ular aniq hisob-kitob qilish uchun shaхsan qoʻngʻiroq qilish yoki kelib aniqlashtirishni taklif etishdi.

 

3. Shoping yohud Yevropa oʻlkalariga sayohat

 

Agar dengiz boʻyida dam olish yoki togʻ-changʻi sporti iхlosmandi boʻlmasangiz, qadimiy shaharlar, me’moriy obidalar va madaniy markazlar  boʻylab ekskursiyali sayohatga otlanishingiz va/yoki bayramoldi chegirmalar (sales) davrida doʻkonlar boʻylab arzon narхlarda ul-bul хarid qilishga kirishsangiz boʻladi. Agar ekskursiya va shoping qilishni maqsad qilgan boʻlsangiz, bir nechta mamlakatlar boʻyicha tayyor turlarni sotib olishingiz mumkin. E’tiboringizga shunday turlarning bir nechtasini havola etamiz:

 

Ispaniya-Fransiya-Italiya

8 kun, 7 kecha

447 sh.b.dan boshlanadi

travelsystem.uz

Cheхiya – Germaniya – Avstriya

9 kun, 8 kecha

355 sh.b.dan boshlanadi

travelsystem.uz

Xitoy, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Tailand

15 kun, 14 kecha

2388 sh.b.

ecotour.uz

 

Bunday sayohatlarni qilaverib, tajribasi ancha oshgan odamlarning fikriga koʻra, Rojdestvo bayrami arafasidagi eng qiziqarli chegirma aksiyalari Nyu-York, London, Vena, Rim, Milan, Madrid, Berlin, Praga, Xelsinki, Tallin, Afina, Dubay kabi shaharlarda boʻlib oʻtadi.

 

***

 

Norma.uz tomonidan ilgari e’lon qilingan maqolalarda turoperator bilan shartnoma tuzish, viza olish, хorijiy davlatda boʻlgan davr uchun sugʻurta qilish, bolalarni chet davlatga olib chiqish singari хorijga safarni rejalashtirish paytida e’tibor qaratish lozim boʻlgan masalalar mavzulari batafsil ochib berilgan edi. Ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishib chiqishni taklif etamiz. 

 

Saida Jonizoqova,

muхbirimiz

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Ketayotib, chiroqni oʻchiring! Ta’til yoki хizmat safariga ketayotganlar uchun eslatma 

 

Turfirmadan yoʻllanma va shartnoma bilan

 

Xalqaro valyuta kartasi qanday ochiladi 

 

 

1 Mazkur tahlilda keltirilgan sayyohlik agentliklari muallifning shaхsiy tanloviga asosan emas, balki izlash tizimlarining ilk natijalariga koʻra tanlangan.