Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

«Qizil – yashil»: svetoforlar yangicha formatda ishlaydi

27.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

YHXBda 2019 yil 7 sentyabrdan YTHlarni bartaraf etish boʻyicha eksperiment boshlandi: poytaхtdagi bir nechta chorrahalarda svetoforlarning ishlash rejimi oʻzgartirildi.

 

Bu quyidagicha tartibda ishlaydi. Yoʻnalishlardan birida svetoforning taqiqlovchi signalidan (qizil) keyin «sariq» chiroq yonmasdan, birdaniga yashil chiroq yonadi. Biroq qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakat tomonida svetofor odatiy rejimda ishlaydi – «qizil», «sariq», «yashil».

 

Toshkentning markazidagi toʻrtta chorrahada tajriba boshlanishi bilan ijobiy natijalarga erishildi – kichik toʻqnashuvlar soni kamaydi. Bu shunday izohlanadi: bir yoʻnalishdagi manevr ikkinchi yoʻnalishdagi harakat boshlanguniga qadar bemalol yakunlanishi mumkin. Shu tariqa chorrahalardagi tirbandlik kamayadi.

 

Tajriba yaхshi natija berganligi sababli ayni paytda bu yangilik toʻliq rejimda ishga tushirilgan. Masalan, Uchtepa tumanida oʻntadan ortiq, Chilonzor va Sergeli tumanida esa beshta svetofor «sariq» chiroqsiz ishlamoqda.

 

Idorada barcha haydovchilar bunga hali moslashib ulgurmagani va yoʻl harakati ishtirokchilari bilan muloqotga tayyor emasligi holatlari e’tiborga olinmoqda.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_