3 may kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida 8 ta qonun ma’qullandi:
- “Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida”;
- “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisida”;
- “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”;
- “Yaylovlar toʻgʻrisida”;
- “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”;
- “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”;
- “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”;
- “Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001 yil 22 may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”.
Ma’qullangan qonunlar Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.
Ma’qullangan va qabul qilingan hujjatlar haqida qoʻshimcha ma’lumot taqdim etiladi.