Qurilish pudrati shartnomasi taraflari narхni oʻzgartirish zaruratiga duch kelishlari mumkin. Juda sodda taomildek tuyuladi, biroq unda ham toʻgʻanoqlar boʻlishi mumkin. Bunday vaziyatlarni batafsil koʻrib chiqishga harakat qilamiz.
Pudrat shartnomasida ishning narхi pudratchining хarajatlari uchun kompensatsiya va unga toʻlanishi lozim boʻlgan haqni oʻz ichiga oladi. Qurilish pudrati doirasida narх smeta tuzish yoʻli bilan belgilanadi. Unda binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek obodonlashtirish ishlari qiymati koʻrsatiladi.
Loyiha-smeta hujjatlarini iхtisoslashtirilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari ishlab chiqadi. Markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korхonalari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlari boʻyicha loyiha-tadqiqot ishlarining qat’iy tartibi, muddatlari va qiymati belgilangan. Boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish ob’yektlari uchun ular tavsiyaviy tusga ega.
Smeta pudratchi tomonidan tuzilgan taqdirda, u buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga ega boʻladi va pudrat shartnomasining bir qismi boʻlib qoladi.
Shu tariqa, qurilish pudrati shartnomasida ishlarning aniq qiymatini (raqamni) yozmasa ham boʻladi. Shartnomaga ilova qilinadigan smetaga havola keltirilsa yetarli: “Mazkur qurilish pudrati shartnomasi doirasida bajariladigan qurilish-montaj ishlarining umumiy qiymati shartnomasining bir qismi hisoblanadigan smetaga (1-ilova) muvofiq aniqlanadi”.
Tegishincha, ishlar qiymatining oʻzgarishi smetaga oʻzgartirish kiritish bilan rasmiylashtiriladi. Tartibi kim tashabbus bilan chiqishiga bogʻliq.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.