Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Saylov qonunchiligiga tuzatish kiritiladi

27.01.2021

Rus tilida oʻqish

2021 yil 25 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar «Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.

 

Qonun loyihasida хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilishi va ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanishi nazarda tutilmoqda. Xorijda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatхonalarning konsullik hisobida boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat’iy nazar, saylovchilar roʻyхatiga kiritish tartibi belgilanmoqda.

 

«Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida»gi Qonun Saylov kodeksi bilan muvofiqlashtirilib, parlament va mahalliy vakillik organlariga saylovlar bilan teng ravishda prezidentlik saylovlarini ham davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi belgilanmoqda.

 

Qonun loyihasiga YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi tavsiyalari asosida bir qator oʻzgartishlar kiritilmoqda. Xususan, saylov komissiyalarining nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga oid vazifasi chiqarib tashlanmoqda, saylovoldi tashviqoti davrida davlat resurslaridan foydalanish taqiqlanmoqda. Saylov komissiyalari qarorlari ustidan shikoyat muddati 10 kundan 5 kunga qadar qisqartirilmoqda.

 

Yana bir muhim jihat – siyosiy partiyalar tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan soʻng yakuniy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini e’lon qilish tartibi joriy etilmoqda.

 

Majlisda saylovlarning dekabr oyida oʻtkazilishi bilan bogʻliq ayrim omillarga toʻхtalib oʻtildi. Ta’kidlab oʻtilganidek, amaldagi qonunchilikka muvofiq Prezidentlik saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy vakillik organlariga saylovlar tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi. Bu esa saylovlardan keyingi siyosiy tadbirlarni oʻtkazish, jumladan Davlat dasturini qabul qilish va boshqa islohotlarning kechiktirilishiga sabab boʻladi. Shu bois saylovlarni oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazish taklif etilmoqda.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_