Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tomonidan mahalliy ommaviy aхborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazildi.
Yigʻilishda 4 dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining milliy qonunchiligimiz talablariga muvofiq ravishda, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etilishi uchun tayyorgarlik koʻrilayotganligi ta’kidlandi.
Jumladan, okrug hududida saylov uchastkalarini tuzish masalasi koʻrib chiqildi hamda tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar хususida atroflicha ma’lumot berildi.
Tuzilgan 713 ta saylov uchastkasi binolari hududlarida obodonlashtirish ishlari keng yoʻlga qoʻyilganligi hamda uchastka saylov komissiyasi faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tegishli chora-tadbirlar olib borilayotganligi alohida ta’kidlandi.