Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Senatning 18-nchi yalpi majlisi 28 fevralda chaqiriladi

20.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Kun tartibiga olib borilayotgan islohotlar va oʻzgarishlarning samaradorligini ta’minlashga, 2019 yilgi Davlat dasturini ijro etishga qaratilgan bir qator qonunlar kiritilgan.

 

«Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi, «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida»gi, «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaхslar ustidan ma’muriy nazorat toʻgʻrisida»gi qonunlar shular jumlasidandir. Shuningdek, senatorlar ayrim qonun hujjatlariga hukumat a’zolarining parlament oldidagi mas’uliyati kuchaytirilishi, ayrim davlat organlari va tashkilotlari faoliyati, jinoyat, jinoyat-protsessual va ma’muriy qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan, shuningdek jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlarni ham koʻrib chiqadilar.

 

Shu bilan birga, Senat a’zolari:

  • Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2018 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni;
  • adliya vazirining 2018 yilda huquqiy targʻibot va ma’rifatning holati haqidagi aхborotini;
  • Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda хalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini eshitadilar.

 

Senatorlar jismoniy shaхslarning koʻchmas mulk ob’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, ularni soliqqa tortishga doir qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohada huquqni qoʻllash amaliyoti, shuningdek umumta’lim maktablari darsliklarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligi yuzasidan hukumat a’zolariga parlament soʻrovlari yuborish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qiladilar.

 

Yalpi majlisda Senatning vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar ham koʻrib chiqiladi.

 

Oliy Majlis Senati materiallari asosida.