Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Senatning XXXV yalpi majlisi 18 noyabr kuni boʻlib oʻtadi

17.11.2022

Rus tilida oʻqish

Unda Senatning oʻttiz beshinchi yalpi majlisini 2022 yil 18 noyabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Majlisda quyidagi qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda:

  • “Davlat boji toʻgʻrisida”gi  Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”;
  • “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida;
  • “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”.

 

Shuningdek, navbatdagi yalpi majlisda “Izmir Shartnomasini (Izmir, 1996 yil 14 sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy hadli Bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlarni ham koʻrib chiqish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, 2022 yilning toʻqqiz oyi yakuni boʻyicha Davlat byudjeti ijrosi va 2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotlari koʻrib chiqiladi.