Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Senatning yigirmanchi yalpi majlisi 21 iyun kuni ochiladi

19.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Parlamentning yuqori palatasi Kengashi 18 iyun kuni bu haqda qaror qabul qildi.

 

Kun tartibiga: yangi tahrirdagi “Turizm toʻgʻrisida”gi, “Shaхsga doir ma’lumotlar toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi, “Qurol toʻgʻrisida”gi, “Xalqaro mehnat tashkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (Jeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi bir qator qonunlar kiritilgan.

 

Shuningdek, senatorlar Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini oʻzgartirishni koʻrib chiqadilar, Sirdaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda хalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini eshitadilar, parlament soʻrovlari bilan bogʻliq masalalarni muhokama qiladilar.

 

Yalpi majlisda Senatning vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinadi.

 

Oliy Majlis Senati materiallari asosida.