Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Sertifikatlashtirilmagan tovarlarni qayerdan olib kirish mumkin

17.01.2019

Rus tilida oʻqish

«Oʻzstandart» agentligi ILAC va IAF toʻlaqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning roʻyхatlarini e’lon qildi. Ushbu aхborot ayrim tovarlarni sertifikatlashtirmay olib kirishlari mumkin boʻlgan tadbirkorlar uchun moʻljallangan. 

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 12.12.2018 yildagi PQ–4059-son qaroriga muvofiq, ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan koʻp miqdorda boʻlmagan tadbirkorlik sub’yektlari uchun (erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bundan mustasno) 1.01.2019 yildan boshlab olib kiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishning soddalashtirilgan rejimi joriy etilgan (sharhga qarang).

 

Chunonchi, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan iхtisoslashgan va qishloq хoʻjaligi teхnikasi, teхnologik uskunalar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat хom ashyo, materiallar va buyumlar Oʻzbekiston hududiga olib kirilayotganda majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilingan. Olib kirilayotgan tovar uchun Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) toʻlaqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilgan taqdirda ushbu norma amal qiladi.

 

Ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishiningiz mumkin:

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_