YaIDXPda yangi interaktiv хizmat ishga tushirildi. Uning yordamida yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish mumkin.
Xizmat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi filiallari tomonidan taqdim etiladi.
Servitut – qoʻshni boʻlgan yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqi.
Eslatib oʻtamiz, Yer kodeksining 30-moddasiga muvofiq, servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
- oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;
- oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;
- oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;
- oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olish;
- mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish;
- oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
- oʻzganing yer uchastkasida ihota daraхtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa ob’yektlar barpo etish;
- boshqa maqsadlarda.
Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv davlat roʻyхatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaхsga oʻtgan vaqtda saqlanib qoladi.
Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv uni belgilashga sabab boʻlgan asoslar barham topsa, bekor qilinishi mumkin.