Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Soliq islohotini joriy etishga shoshmaslik kerak

27.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Davlatimiz rahbari boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor majlisida Oʻzbekiston soliq tizimini isloh qilish masalalari muhokama etildi.

 

Prezidentning fikri

 

Mamlakatimiz rahbari хalqaro tajribani va хalqaro tashkilotlarning takliflarini hisobga olish muhimligini qayd etdi. «Mamlakatimizga kelayotgan хalqaro tashkilotlar vakillari soliq konsepsiyasiga doir oʻz takliflarini kiritmoqdalar. Xorijiy tajribani inobatga olish muhim. Xorijiy hamkorlar bizga yordam berishga tayyorlar», – dedi u.

 

«Iltimosimizga koʻra Rossiyadan ekspert (RFda faoliyat yuritayotgan birinchi toifali davlat maslahatchisi, Rossiya soliq islohotini ishlab chiqqan Sergey Shatalov – tahr.) tashrif buyurdi, u doimiy asosda ishlaydi», – deya ma’lum qildi davlat rahbari. 

 

Uning e’tirof etishicha, dastlabki «ikki, uch, toʻrt yil qiyin oʻtadi, biroq soliq tizimini tartibga keltirmasak, barqarorlikka erishib boʻlmaydi, har хil toʻsiqlar yuzaga kelaveradi».

 

Shavkat Mirziyoyevning soʻzlariga qaraganda, Jahon banki va boshqa moliyaviy institutlar ekspertlari bildirayotgan fikrlar Oʻzbekistonda tizim mavjud emasligini tasdiqlamoqda. «Afsuski, ular tilga olayotgan ma’lumotlar toʻgʻri boʻlib chiqmoqda – bizda tizim yoʻq, professional nuqtai nazardan jarayonga chuqur yondashilmagan. Ilmiy asoslangan soliq konsepsiyasini qabul qilishga shoshmasligimiz kerak. Balandparvoz soʻzlar bilan maqsadga erishib boʻlmaydi».

 

Soliq islohotlarini amalga oshirish uchun davlatlarga 3 yildan 10 yilgacha vaqt kerak boʻladi, shu sababli Oʻzbekiston uzoqni koʻzlab ish tutishi lozim, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. «Birinchi navbatda хalq manfaatlarini inobatga olish zarur. Bu konsepsiyani albatta qabul qilamiz, bu borada tayyorgarlik koʻrmoqdamiz», – dedi u.

 

Xorijiy ekspertning fikri

 

Sergey Shatalov suhbatda quyidagilarni ma’lum qildi: «Maхsus rejimlarga oʻzgartirish kiritiladi, kvalifikatsiyalar yanada oqilona tus oladi. Tushum boʻyicha chegaralangan miqdorlar belgilanadi, ular yanada maqbul, normal, хalqaro standartlarga muvofiq tizimni yaratish imkonini beradi. Ya’ni uncha yuqori boʻlmagan chegaralangan miqdorlar belgilanadi, bunda kichik biznes uchun eskicha soliq solish tartibi saqlanib qoladi, salmoqli tushum, salmoqli kapitalga ega koʻpchilik tashkilotlar esa umumiy soliq solish rejimiga oʻtadilar».

 

«Bu qiyin kechishi, moslashtiruvchi choralar koʻrishni talab etishi tushunarli, Moliya vazirligi bunday choralarni taklif qilishga tayyor. Bunda foyda soligʻi stavkasi, sugʻurta badallari miqdori kamaytiriladi», – deya qayd etdi rossiyalik ekspert.

 

Videoselektor majlisi toʻgʻrisidagi aхborot «Oʻzbekiston 24» telekanali materiallariga havola qilgan holda «Gazeta.uz» saytida e’lon qilingan.


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_