Moliya vazirligi va DSQ 2020 yildan хarid qilingan asosiy vositalar boʻyicha QQSni darhol hisobga olish taklif etmoqda. Ushbu investitsion faollikni oshiruvchi jiddiy omil haqida Oʻzbekiston moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonov хabar berdi.
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi keyingi yildan kuchga kirishi kerak boʻlgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni yakuniga yetkazmoqdalar. Soliq maslahatchilari, auditorlar va yuristlardan iborat ekspert guruhlari bilan birgalikda soliq qonunchiligiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar yuzasidan soʻnggi muhokamalar olib borilmoqda. Joriy yilning 12 va 13 iyun kunlari Oʻzbekiston soliq maslahatchilari va auditorlari ishtirokida ana shunday muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi vakillari: vazir oʻrinbosari D.Sultonov, Moliya vazirligining Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari E.Gadoyev, ushbu Departamentning boʻlim boshligʻi Z.Menaliyeva, Davlat soliq qoʻmitasi Soliq ma’muriyatchiligi boshqarmasi boshligʻi A.Hoshimov, shuningdek soliq maslahatchisi, «Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi» NNT a’zosi I.Abbosхonova yangi tahrirdagi Soliq kodeksining taqdimotini oʻtkazdilar.
Soliq maslahatchilari va auditorlardan tashkil topgan ishchi guruhlar Soliq kodeksining loyihasiga doir oʻz takliflarini shakllantirib, ularni muhokama qilish uchun Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga kiritadilar.
Taklif etilayotgan oʻzgartirishlar haqida bu yerda batafsil oʻqish mumkin.
Olga Busarova,
«Norma» MChJ eksperti.