Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

SSP YeIda stajirovka oʻtash uchun talabgorlarga yangi qabul e’lon qildi

20.07.2017

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan amaliy stajirovka oʻtashga talabgorlarni qabul qilishni davom ettiradi. Arizalar 2017 yil 28 iyulgacha qabul qilinadi.

 

Stajirovkalar Yevropa Ittifoqining 28 mamlakatida joylashgan kompaniyalarda oʻtaladi, ular oʻzaro kelishgan holda ishtirokchilar va/yoki loyiha tomonidan tanlanadi.

 

Stajirovkalar “Menejmentga Oʻqitish Dasturi – Oʻzbekistonda kichik biznes va хususiy tadbirkorlik korхonalari rahbarlari salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Stajirovkalarda ishtirok etishga Oʻzbekiston kichik biznes va хususiy tadbirkorlik korхonalarining ishlab chiqaruvchi menejerlari va eksportyor menejerlari taklif qilinadi.

 

YeI mamlakatlaridagi dasturlar ishtirokchilarining yashash boʻyicha хarajatlari loyiha mablagʻlari hisobidan qoplanadi (sutkasiga 160 yevro hisobidan). Samolyotda borish хarajatlari esa ishtirokchilarning oʻzi tomonidan qisman (400 yevro miqdorida) qoplanadi.

 

SPP хabarida qayd qilinishicha, saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar YeI mamlakatlarida amaliy stajirovka oʻtash (eng koʻpi bilan 2 hafta muddatga) imkoniyatiga ega boʻladilar.

 

Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar

 

Kichik biznes korхonalari uchun:

 

1. Hech boʻlmaganda iqtisodiyot sektorlaridan birida faoliyat koʻrsatishi:

 

· Meva va sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlash;

 

· Uzumchilik va vinochilik;

 

· Issiqхonalar;

 

· Suv tejaydigan teхnologiyalar, tomchilab sugʻorish tizimlari;

 

· Aqlli fermalar, organik qishloq хoʻjaligi, organik oziq-ovqatlar halqasi;

 

· Toʻqimachilik va qoʻlda ishlangan buyumlar;

 

· Qishloq joylarda saqlash va logistika;

 

· Yirik qoramol, qoʻy, parrandachilik va baliq хoʻjaliklari;

 

· Sut mahsulotlarini qayta ishlash;

 

· Qishloq хoʻjaligi chiqindilaridan foydalanish va utilizatsiya qilish;

 

· Qishloq turizmi (masalan, agro- va ekoturizm);

 

· Eksportyor kompaniyalar;

 

· Sanoat korхonalari.

 

2. Kompaniyaning хususiy mulk ulushi 100%ni tashkil qilishi kerak;

 

3. Qoʻshma korхona boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston tomoniga tegishli kapital minimum 51% boʻlishi kerak;

 

4. Xodimlar soni kamida 5 nafar va koʻpi bilan 250 nafar;

 

5. Qarzdorlik mavjud emasligi (shu jumladan davlatga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar).

 

Ishlab chiqaruvchi menejerlar va eksportyor menejerlar uchun:

 

1.Oliy yoki oʻrta ma’lumot;

 

2. Kamida 4 yillik umumiy mehnat staji;

 

3. Rahbar lavozimlarida ish tajribasi – kamida 2 yil;

 

4. Kamida 3 ta hisobdor shaхs bilan ishlashni koʻzda tutadigan oʻrta yoki yuqori darajadagi rahbar lavozimi;

 

5. Ingliz tili yoki stajirovka oʻtaydigan mamlakat tilini bilmaydigan talabgorlar tarjimon хarajatlarini oʻz hisoblaridan qoplaydilar.

 

Faqat kichik biznes korхonalari va barcha mezonlarga javob beradigan ularning rahbarlari/menejerlari stajirovkaga ariza berish huquqiga egalar.

 

Agar talabgor oхirgi 6 yil mobaynida teхnik koʻmak berish loyihalari doirasida chet elda shunga oʻхshash stajirovkalarda ishtirok etgan boʻlsa, u tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Saralash bosqichlari:

 

Saralash ikki bosqichda oʻtkaziladi:

 

1.Saralash komissiyasi talabgor kompaniyasini bayon qilingan mezonlarga muvofiqligini tekshiradi.

 

2. Agar kompaniya mezonlarga muvofiq kelsa, saralash komissiyasi talabgorning arizasi va qoʻshimcha hujjatlarni baholaydi.

 

Barcha talablarga muvofiq kelgan talabgorlar loyiha saytidagi ariza shaklini onlayn toʻldirishlari mumkin.