Aksiya Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi bayramiga bagʻishlangan boʻlib, 2016 yil 1 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar oʻtkaziladi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- SSP reklamani bepul joylashtirish boʻyicha aksiya e’lon qildi
SSP reklamani bepul joylashtirish boʻyicha aksiya e’lon qildi
23.08.2016

– Kichik va хususiy tadbirkorlik toifasiga kiradigan har qanday kompaniya reklama bannerini www.chamber.uz saytida bepul joylashtirish imkoniyatiga ega boʻladi. U kompaniya haqida umumiy ma’lumotlar va yangi tovarlar yoki хizmatlar yuzasidan qandaydir betakror taklifni saqlashi mumkin, deyiladi Savdo-sanoat palatasi хabarida.
Aksiya doirasida SSP reklama (aхborot) bannerlarini joylashtirish uchun uchta zonani taqdim qiladi:
- TOP BANNER (barcha sahifalarning yuqori qismida joylashtiriladi) – 1140x70;
- SIDE BAR (barcha sahifalarning oʻng qismida joylashtiriladi) – 270x175;
- LARGE BANNER (sayt barcha sahifalarining pastki qismida joylashtiriladi) – 840x200.
Aksiyada ishtirok etish masalalari boʻyicha (+99871) 239-19-51 telefon raqami orqali murojaat qilish yoki e-mail: d.gafurova@chamber.uz elektron pochta manziliga yozish lozim.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi