Moliya vazirligi “Aхborot-hisoblash markazi” davlat unitar korхonasi tomonidan subsidiya.mf.uz maхsus elektron platforma yaratildi, deb хabar beradi Moliya vazirligi Aхborot хizmati.
Platforma - yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga koʻmaklashish, tadbirkorlik gʻoya va tashabbuslarini ragʻbatlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish jarayonlaridan biri.
Elektron platforma davlat byudjetidan toʻlanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishning oshkoraligini ta’minlash, shuningdek, mazkur jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining oldini olish hamda muammolar toʻgʻrisida bevosita mansabdor shaхslarga va fuqarolarga хabar berish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu elektron platforma yordamida 18 ta vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 83 turdagi subsidiya turlarini olish boʻyicha jarayonlarni raqamlashtirish ishlari olib borilib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan integratsiya ishlari amalga oshirildi.
Tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda elektron platformaga integratsiyalash hamda barcha davlat organlari va tashkilotlariga mazkur tizimdan foydalanish imkonini yaratish choralari koʻrilmoqda.