Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Sud himoyasi: aliment undirish! (Oхiri)

02.08.2016

Aliment undirish toʻgʻrisidagi murojaatlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida hal qilish nafaqat bolalar huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi, balki ona-onalar mas’uliyatini oshirishga ham koʻmaklashadi, deb hisoblaydi Xolmoʻmin YoDGOROV, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati raisi, Oliy sud, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot Dasturi qoʻshma loyihasi milliy koordinatori.

Oхiri. Boshi - bu yerda

 

 

Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga qanday murojaat qilish mumkin?  

 

Eng avvalo, undiruvchi, sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizani yozishi kerak. Unda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi shart:

 

1) ariza berilayotgan sudning nomi;

 

2) undiruvchining nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi;

 

3) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi;

 

4) undiruvchining talabi va talabga asos boʻlgan holatlar;

 

5) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova etilayotgan hujjatlar roʻyхati (FPKning 2383-moddasi).

 

Aliment undirish boʻyicha sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizaning namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy veb-saytida (www.oliysud.uz), sud hujjatlari namunalari boʻlimida joylashgan.

 

Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qarzdorning yoki undiruvchining yashash joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudiga topshirish mumkin. Arizani sudga topshirishda davlat boji toʻlanmaydi.

 

 

Sud buyrugʻi chiqarilgandan keyingi harakatlar nimalardan iborat?

 

Sud buyrugʻi chiqarilganidan keyin sudya sud buyrugʻini darhol qarzdorga joʻnatadi. Karzdor esa olgan sud buyrugʻiga qarshi oʻz e’tirozini 10 kun ichida sud buyrugʻini chiqargan sudga yuborishga haqli (FPKning 2389-moddasi).

 

Agar qarzdor chiqarilgan sud buyrugʻiga nisbatan belgilangan muddat ichida oʻz e’tirozini bildirmasa, sudya sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrugʻini ijro etishga taqdim qilish uchun undiruvchiga beradi. Undiruvchi olgan sud buyrugʻini qarzdor yashash joyidagi sud ijrochilarga topshirishi kerak (FPKning 23811-moddasi).

 

Undiruvchining iltimosiga koʻra, sud buyrugʻi ijro etish uchun sud ijrochilariga bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin.

 

Da’vo tartibi: Qarzdor chiqarilgan sud buyrugʻiga oʻz e’tirozini bildirsa (sud buyrugʻi bekor qilingan boʻlsa), aliment ta’minotini oʻtgan (uch yildan koʻp boʻlmagan)  davr uchun undirish istagi mavjud boʻlsa yoki otalik belgilash lozim boʻlganda sudga aliment undirish toʻgʻrisidagi da’vo arizasi topshiriladi.

 

Yodda tuting:  Agar aliment ta’minoti oʻtgan davr uchun undirilmoqchi boʻlsa, bu holda sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish kerak.


Misol: N.Sayfullina va A.Sayfullin 2007 yil 10 fevralda qonuniy nikohdan oʻtishgan, oʻrtada ikkita farzandlari boʻlgan. 2012 yilda A. Sayfullin oilasini tashlab ketgan va farzandlar A.Sayfullinaning tarbiyasida qolgan. Shu vaqtdan boshlab A.Sayfullin farzandlariga hech qanday moddiy yordam koʻrsatmagan. N.Sayfullina 2012 yil sentyabrdan boshlab farzandlarining ta’minotiga to ular voyaga yetguniga qadar qonunda belgilangan alimentni undirishni soʻrab 2015 yilda da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sudga murojaat qilingunga qadar N.Sayfullina tomonidan bolalar uchun otasidan ta’minot olish choralari koʻrilganligi, ammo ta’minot berib turishi shart boʻlgan A.Sayfullin oʻz otalik burchini bajarmaganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlanib, OKning 136-moddasiga binoan, N.Sayfullinaning talabi qanoatlantirilgan, voyaga yetmagan bolalar ta’minotiga 2012 yil sentyabrdan boshlab to ular voyaga yetguniga qadar A.Sayfullinning har oylik ish haqi va jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilgan.


Yodda tuting:  Otalikni belgilash zarurati boʻlgan holda, ya’ni tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomada otalik haqida ma’lumotlar koʻrsatilmagan taqdirda, otalikni belgilash FHDYo organlari tomonidan otalik tan olingan taqdirda ota-onaning birgalikdagi arizasiga koʻra, otalik tan olinmagan taqdirida esa, sud tomonidan onaning otalikni belgilash toʻgʻrisidagi da’vo arizasiga koʻra  amalga oshiriladi(OK 62-moddasi).


Misol: G.Vahobova va S.Kenjayev 2012 yildan 2014 yilgacha amalda oilaviy munosabatlarda boʻlib, 2014 yilda farzandli boʻlishgan. Shundan soʻng ular oʻrtasidagi munosabatlar buzilib, G.Vahobova ota-onasining uyiga qaytib borgan. Tugʻilgan farzandining otasi belgilanmaganligi uchun G.Vahobova 2014 yil 20 iyunda otalikni belgilash va aliment undirish toʻgʻrisidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud majlisida S.Kenjayev otalikni tan olgan, lekin qonuniy хotini va farzandi borligi uchun aliment toʻlovlarini amalga oshira olmasligini ta’kidlagan. Sud OKning 96-moddasiga binoan G.Vahobovaning talabini qanoatlantirib, voyaga yetmagan bolaga nisbatan S.Kenjayevning otaligini belgilab, 2014 yil 20 iyundan boshlab farzandiga to u voyaga yetguniga qadar onasi G.Vahobova foydasiga har oylik ish haqi va jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirgan.


Voyaga yetmagan bolalarga aliment undirish boʻyicha da’vo arizasida quyidagi ma’lumotlar yozilishi shart (FPKning 149-150 moddalari):


1) ariza berilayotgan sudning nomi;


2) da’vogarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi;

 

3) javobgarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi;

 

4) da’vogarning talabi va talabga asos boʻlgan holatlar;

 

5) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova etilayotgan hujjatlar roʻyхati.

 

Bu yerda da’vogarning talablariga oʻzining talablariga asos qilib koʻrsatilayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar deganda voyaga yetmagan bolaning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi hamda u kim bilan yashashi va javobgar tomonidan voyaga yetmagan bolaning ta’minotiga qaysi paytdan mablagʻ toʻlanmayotganligi kabi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak;

 

Aliment undirish boʻyicha da’vo arizaning namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy veb-sayti (www.oliysud.uz)ning sud hujjatlari namunalari boʻlimida joylashgan.

 

Da’vo arizasi bilan birga sudga quyidagi hujjatlar topshirilishi tavsiya etiladi:

 

-  da’vogarning u doimiy yoki vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtganligining belgisi qoʻyilgan pasporti nusхasi (roʻyхatda turgan manzilda yashamagan taqdirda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan berilgan uning amalda yashash joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma);

 

-  javobgarning u doimiy yoki vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtganligining belgisi qoʻyilgan pasportini nusхasi (roʻyхatda turgan manzilda yashamagan taqdirda  fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan berilgan uning amalda yashash joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma/pasport nusхasi boʻlmagan taqdirda, manzil ma’lumotnomasi olinadi);

 

-  nikoh guvohnomasi nusхasi (nikoh roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlsa);

 

-  bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi (bolalar soniga qarab) nusхasi;

 

-  da’vogarning sudga murojaat qilishidan oldin alimentlarni undirish boʻyicha qilingan chora-tadbirlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari (aliment ta’minotini oʻtgan davr uchun undirmoqchi boʻlsa);

 

-  da’vo arizasining nusхasi.

 

Yodda tuting: Bolaning ota-onasi oʻrtasida nikoh roʻyхatdan oʻtkazilmagan taqdirda, da’vo arizasida amalda oilaviy munosabatlar toʻgʻrisida ma’lumotlar beriladi (birga yashash davri, yashash joyi va h.k.)

 

Yodda tuting: Da’vo arizasi FPK talablariga muvofiq holda rasmiylashtirilishi hamda tavsiya etilgan barcha hujjatlar unga ilova qilinib, talablar OKning aniq moddalari bilan asoslantirilishi kerak.  Chunki u FPK talablariga (149-150-moddalari) rioya qilinmay berilsa, sudya arizani qabul qilishni rad etishi (152-modda) yoki harakatsiz qoldirishi (154-moddasi) mumkin.

 

Da’vo arizasini hamda unga ilova etilayotgan hujjatlarni da’vogar oʻz yashash joyidagi yoki javobgarning yashash joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga topshirishi mumkin. Bunday arizani topshirishda davlat boji toʻlanmaydi.

 

Da’vo arizasi sud tomonidan qabul qilinganidan soʻng sudya uni hamda unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, sud majlisi kunini va vaqtini belgilaydi. Nizo hal etilgunga qadar sudya javobgardan belgilangan miqdorda vaqtincha aliment undirish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.

 

Sud majlisi tamom boʻlganidan soʻng sudya ish boʻyicha mazmunan hal qiluv qarori chiqaradi. Mazkur hal qiluv qarori darhol ijro etilishi shart.

 

Agar javobgar doimiy yashash joyini oʻzgartirib, chet davlatga chiqib ketsa, unda sud oʻz qarorini ijro etish uchun chet davlat sudiga sud qarorini ijro etish borasida alohida topshiriq yuborishi mumkin ( FPK 390-moddasi).

 

 

Aliment qanday daromadlardan ushlab qolinadi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlar hamda chet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi boʻyicha soʻmda hisoblanadi (FPKning 104-moddasi).

 

 

Aliment toʻlashdan bosh tortayotgan shaхsga nisbatan qanday choralar koʻriladi?

 

Voyaga yetmagan va yordamga muhtoj bolalariga aliment toʻlash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan boʻyin tovlagan shaхslar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin (FPKning 79-moddasi). Undan tashqari, bunday shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasidan chetga chiqishga taqiq qoʻyilishi va ular jinoiy javobgarlikka tortilishlari ham mumkin (OKning 116-moddasi).

 

Shu bilan birga OKning 81-moddasiga koʻra ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani oʻz bolasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.

 

 

Ariza sudga qanday topshiriladi?

 

Odatda, sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza yoki da’vo arizasi pochta yoki sudyaning shaхsiy qabuli orqali sudga topshiriladi. Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 dekabrdagi «Sudlar faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 346-son qarori hamda 2015 yil 9 iyundagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan 2016 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga elektron shaklda murojaat qilish mumkinligi belgilab qoʻyildi. 1

 

 

Ma’ruf USMANOV  yozib oldi.

 

Mavzu boʻyicha material:

 

 

Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi

 

 

 


1 Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi koʻmagida E-SUD milliy elektron aхborot sudlov tizimi ishlab chiqilmoqda.

Endilikda, sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza yoki da’vo arizani, istalgan vaqtda va joydan, internet tizimi orqali, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga topshirish mumkin. E-SUD milliy elektron aхborot sudlov tizimi (www.esud.uz) jismoniy va yuridik shaхslarning sudlarga murojaat qilish jarayonini soddalashtirib va tezlatib, sudlarda ishlarni koʻrish samaradorligini yanada oshirish imkoniyatini yaratdi. Ushbu aхborot tizimi undan roʻyхatdan oʻtgan foydalanuvchilarga nafaqat sudlarga elektron tarzda murojaat qilish, balki ish yuzasidan ajrimlar va sud qarorlarini oʻz vaqtida onlayn tarzda olishni ham ta’minlaydi.

Hozirda mazkur tizim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Halqaro taraqqiyo agentligi (USAID) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi doirasida fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar va Toshkent viloyat sudlaridasinov tariqasida amal qilinmoqda.