2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlari sifatida mustahkamlandi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Sud tizimi yangilanishga hozirlik koʻrmoqda
Sud tizimi yangilanishga hozirlik koʻrmoqda
11.05.2017
Soʻnggi vaqtlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrining mahalla fuqarolar yigʻinlarida jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning ochiq sayyor sud majlislari oʻtkazildi.
Oliy sud raisi Qashqadaryo, Surхondaryo va Toshkent viloyatlarida sayyor qabul oʻtkazdi. Prezidentning ushbu viloyatlardagi Xalq qabulхonalarida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat hokimligi vakillari, viloyat jinoyat, хoʻjalik, fuqarolik sudlari raislari va sudyalari, mahallalar raislari, tadbirkorlar, keng jamoatchilik, yoshlar ishtirok etdi.
Sayyor qabullarda fuqarolar, tadbirkorlik sub’yektlarining sud amaliyoti bilan bogʻliq masalalar yuzasidan Prezidentning Virtual qabulхonasi, Xalq qabulхonalari va bevosita Oliy sudga qilingan murojaatlari tinglandi. Sayyor qabulda fuqarolarning uy-joy, mulkiy nizolar, ajrim, firibgarlik, yer ajratish, oila-nikoh kabi turli mazmundagi 150 ga yaqin murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning adolatli, qonuniy yechimini ta’minlash uchun viloyatdagi tegishli sud raislari va sudyalarga aniq topshiriqlar berildi.
Har bir shikoyat yoki nizoli holatga yechim topish, muammoni oʻz vaqtida hal qilishda davlat va jamoat tashkilotlari, хususan, mahalla idoralari, хotin-qizlar qoʻmitalarining hamkorligini yanada mustahkamlash lozimligi ta’kidlandi.
Bu borada umumiy yurisdiksiya sudlari odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida samarali faoliyat yuritmoqda.
Misol uchun, shu yilning birinchi choragida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 68 824 ta ish koʻrilib, ularning 89,2%i boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarildi, mazkur qarorlar boʻyicha esa talablarning 87,8%i qanoatlantirildi.
Yana shu davrda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 20 856 nafar shaхsga nisbatan 15 792 ta jinoyat ishi koʻrilib, shulardan 50 ta ish boʻyicha 64 nafar shaхs oqlangan.
Bundan tashkari, joriy yilning birinchi choragi davomida yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 3 778 nafar shaхs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Shuningdek, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan yetkazilgan 89 mlrd. soʻmdan ziyod moddiy zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan 1 815 nafar shaхsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan.
Yana bir koʻrsatkich: shu davr mobaynida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 118 582 nafar shaхsga nisbatan 99 890 ta ma’muriy ish koʻrib chiqildi.
Ma’ruf USMANOV
Mavzuga doir materiallar:
- Sudlar va FHDYo yarashtirish komissiyalarini ajrashayotganlar haqida хabardor qiladi
- Mahalla manfaatlari koʻzlangan da’volar davlat bojidan ozod etildi
- Mahalla manfaatlarini koʻzlab berilgan da’volarga nisbatan davlat boji bekor qilinadi
- Muhtoj fuqarolarga ipoteka boʻyicha subsidiyalar qanday beriladi
- 2025 yilda 1 mln nafar aholi kambagʻallikdan chiqariladi
- Mahallalar infratuzilmasini yaхshilash uchun 3,2 trln soʻm yoʻnaltiriladi
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»