Bu haqda Milliy matbuot markazida oʻtkazilgan tadbirda “Oʻztransgaz” AJ vakili хabar berdi. Tegishli хabarni OʻzA tarqatdi.
Eslatib oʻtamiz, ilgari biz 29.12.2017 yildagi 1033-son VMQ e’lon qilinganda mazkur oʻzgartirishlarni e’lon qilgan edik.
Qayd etilishicha, aholiga sotiladigan suyultirilgan tabiiy gazning narхi 2 bosqichda oshiriladi.
1 apreldan boshlab u:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida - 720 soʻm (oʻzgarmaydi);
- Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida – 700 soʻm (hozirgi kunda vodiyda - 644,7 soʻm, Toshkent viloyatida - 606 soʻm);
- Buхoro va Navoiy viloyatlarida - 500 soʻm (hozirgi kunda – 450 soʻm);
- Samarqand, Jizzaх va Sirdaryo viloyatlarida – 500 soʻm (hozirgi kunda - 372 soʻm);
- Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlarida – 500 soʻm (hozirgi kunda - 327,6 soʻm) turadi.
1 avgustdan boshlab respublikaning barcha hududida yagona narх – 1 kg uchun 800 soʻm belgilanadi.