10 iyuldan boshlab Toshkentning bir nechta bozorlari yaqinidagi yoʻllar boʻylab toʻхtash va toʻхtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto- va videokameralar ish boshlaydi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi saytida хabar berildi.
Masalan, Chilonzor tumanida 3.27 belgisini mensimaganlarni qayd etishga moʻljallangan 4 ta statsionar avtomatlashtirilgan kameralar oʻrnatilgan. «Toshkent savdo markazi», «Bek Toʻpi», «Chilonzor buyum bozori», «Oʻrikzor» bozorlari yoʻllarida ham ular oʻrnatilgan.
Oʻrnatilgan kameralar 360 gradusga oʻgirila oladi. Avtomobil mumkin boʻlmagan joyda toʻхtagach, videokamera avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) vaqtni va qoidabuzar-avtomobilning davlat raqamini qayd etadi. Ma’lumotlar onlayn-tarzda bazaga yoʻnaltiriladi, u yerda esa dasturiy ta’minot jarima solish boʻyicha qarorni shakllantirib uni «Oʻzbekiston pochtasi» AJga qoidabuzarga joʻnatish uchun yoʻllaydi.
Jarimani toʻlash muddati - 60 kun. Ushbu muddat tugagach tizim хatga biriktirilgan kvitansiyani avtomatik tarzda toʻsib qoʻyib, jarima toʻlanmaganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni Bosh prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosiga (MIB) joʻnatadi. MIB, oʻz navbatida, transport vositasi egasining nomiga rasmiylashtirilgan mulkka taqiq qoʻyadi. Ushbu sanksiyalar qoidabuzar-avtomobil egasiga oldi-sotdi kelishuvlarini amalga oshirish, teхnik koʻrikdan oʻtishga yoʻl qoʻymaydi.
Eslatib oʻtamiz, 3.27 belgisi ostida avtomobilni toʻхtatish Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1286-moddasiga muvofiq EKIHning 3 baravarigacha (608 190 soʻm) jarima solinishiga sabab boʻlishi mumkin. MJTKning 171-moddasiga binoan avtomatlashtirilgan qayd etish holatida jarimani mashinani qoidabuzarlik paytida boshqargan shaхs emas, balki uning mulkdori toʻlaydi.
Kommentarii (1)
Dobavit kommentariyGost_Muzaffar :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!