Tashqi savdo vazirligining saytida ma’lum qilinishicha, takliflarni tahlil qilish eksportchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari kompleksiga asos boʻladi.
Oʻzbek yoki rus tilidagi soʻrovnomani toʻldirib, 2018 yil 15 noyabrga qadar soʻrovda ishtirok etish mumkin.
Tadbirkorlar quyidagicha savollarga javob berishlari kerak boʻladi:
- eksport qilayotgan mahsulotlari toʻgʻrisida;
- eksportni amalga oshirishda duch kelinayotgan qiyinchiliklar toʻgʻrisida;
- respondentlar oʻz mahsulotlarini sotishni хohlaydigan davlatlar toʻgʻrisida;
- eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish uchun zarur ma’lumotlar toʻgʻrisida.