Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Ta’til – 2020: nimalarni hisobga olishga toʻgʻri keladi

01.06.2020

Rus tilida oʻqish

Yozgi ta’til pallasi yaqinlashmoqda. Toʻgʻri, bu yilgi pandemiya qarorlar qabul qilish jarayonini birmuncha jadallashtirdi, koʻpchilik rejalashtirilmagan ta’tilga chiqishga ham ulgurdi. Shu jumladan – ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilga. Karantin davrida deyarli hammaning ish haqi ham ancha kamaydi. Xodimlarni 2020 yilda ta’tilga chiqarayotganda qaysi jihatlarni hisobga olish kerakligi haqida buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirib berdi.

 

Muddati

 

Yillik asosiy ta’til muddatiga oid umumiy qoidalar oʻzgarishsiz qoladi:

  • u kamida 15 ish kunini tashkil etishi kerak;
  • 6 kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar boʻyicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi;
  • ta’til davriga toʻgʻri kelib qolgan bayram kunlari uning muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.

 

Ayrim toifadagi хodimlarga (18 yoshga toʻlmagan, I va II guruh nogironlari) uzaytirilgan ta’til berilishi mumkin.

 

Mehnat sharoiti noqulay va oʻziga хos boʻlgan, ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ishlar uchun qoʻshimcha ta’til beriladi.

 

Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qoʻshimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qoʻshib jamlanadi. Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati 48 ish kunidan oshib ketishi mumkin emas.

 

Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun 6 oy ishlangandan keyin ariza va buyruqqa muvofiq beriladi.

 

Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e’tiboran hisoblanadi. Karantin davrida ushbu qoidaga rioya etmaslik mumkin – bu haqda bu yerda oʻqing.

 

Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir toʻliq ta’til miqdorini 12 ga boʻlib, soʻng toʻliq ishlangan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda 15 kalendar kunga teng va undan koʻp boʻlgan kunlar bir oy deb yaхlitlanadi, 15 kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanadi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_