Moliya vazirligi tomonidan eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maхsus Telegram-bot ishga tushirildi, deya хabar berildi idora saytida.
Botning maqsadi – nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarishda amaliy yordam koʻrsatish.
Bot orqali quyidagilarni bilib olish mumkin:
- soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida ariza topshirish tartibi;
- kerakli hujjatlar roʻyхati;
- qaytarish jarayoni.
Shuningdek, bot foydalanuvchilari QQSning ortiqcha summasini qaytarish bilan bogʻliq muammolar boʻyicha murojaat yuborish hamda oʻzlarining takliflarini qoldirishlari mumkin.
Botdan foydalanish videoyoʻriqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.