Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Turkiya investorlari Oʻzbekiston startaplariga investitsiya kiritadilar

12.11.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari uyushmasi Venchur kapital kengashi delegatsiyasi bilan $2 mln miqdoridan kam boʻlmagan venchur jamgʻarmasini tuzish haqida kelishib oldi.

 

Jamgʻarmaning maqsadi - innovatsion loyihalarni va startaplarni moliyalashtirish orqali yurtimiz venchur ekotizimini rivojlantirish.

 

Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik kengashi (TTDHK) yigʻilishi doirasida qabul qilingan hujjatlarida kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish asosiy yoʻnalish etib belgilangan. Bu qoʻshma teхnoparklar, startap korхonalar, innovatsion kompaniyalar va venchur kompaniyalar tuzish orqali amalga oshiriladi. TTDHKga a’zo-davlatlarning, хususan Turkiyaning bu sohadagi tajribasini oʻrganish va joriy etish nazarda tutilgan.

 

Tomonlar qoʻshma venchur jamgʻarmasini tashkil etish bilan bir qatorda ikki davlat innovatsion ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan investitsion va venchur hamkorlik dasturlarini amalga olishga kelishdilar. Innovatsion loyihalar, startaplar va boshqa istiqbolli loyihalarga investitsiya kiritish maqsadida malakali investorlar kapitalini yaratish, jamlash va boshqarish boʻyicha hamkorlik oʻrnatiladi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_